Daryo

Namanganda Lacetti YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketdi (video)

Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish24 184 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan IIB YHXB

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Lacetti YTHga uchrashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIB JXX YHXB xabar berdi.

Foto: Namangan IIB YHXB

Ma’lum qilinishicha, 30-iyun kuni soat 23:30 larda, tumanning “Qozoqovul” MFY ichki yo‘lida Lacetti’ni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘anagan. Ag‘anash natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan voqea joyida vafot etgan.

Foto: Namangan IIB YHXB
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar