Daryo

Namanganda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

Yong‘in transport vositasining mahalliy elektr simlariga tegib ketish natijasida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish24 084 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 320 dona prestlangan somonlarini ortilgan Mercedes-Benz 817 28-iyun kuni soat 11:13 da tumanning “Qo‘g‘aliko‘l” MFY hududida harakatlanib ketayotganida mahalliy elektr simlariga tegib ketish natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida transport vostitasi bilan birga 200 dona prestlangan somonlar yonib ketgan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu kabi holat 10-iyun Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham sodir bo‘lgandi. Me’yoridan ortiq somon ortilgan “ZIL” yuk mashinasi elektr simlariga tegib ketishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar