Daryo

Qashqadaryoda “Lada” avtomobili butunlay yonib ketdi

Mashinada “ognetushitel” bo‘lmagani uchun haydovchi yong‘inni o‘chira olmagan

1 daqiqa o‘qish24 059 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

29-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Beglamish” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4P-87 avtomobil yo‘lida “Lada” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani haqida o‘tkinchi fuqarolar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:38 da xabar bergan. Shundan so‘ng, qutqaruv xizmatidan 1 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat taxminan 15:05 larda to‘liq bartaraf etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil harakatlanayotganida to‘satdan yong‘in chiqqan, mashinada birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi (“ognetushitel”) bo‘lmagani uchun haydovchi yong‘inni o‘chira olmagan.

Qashqadaryo viloyati IIBga ko‘ra, yong‘in avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yuzaga kelgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq zarar ko‘rgan. Jabrlanganlarni yoki jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Namanganda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar