Muhammad Saloh “Liverpul” tarixidagi eng katta maoshga ega bo‘ldi.
1-iyul kuni Mersisayd klubi bilan shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgan 30 yoshli misrlik vinger haftasiga 350 ming funtdan ko‘proq maosh oladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Shuningdek, Salohning shartnomasida jamoaviy natijalar, gollar va golli uzatmalar uchun ham alohida bonuslar nazarda tutilgan.
Saloh 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 51 o‘yinda 31 ta gol urdi va 15 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Saloh 2017-yilda “Roma”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan.
Izoh (0)