“Barselona“da 2021/22-yilgi mavsum ijarada o‘ynagan “Sevilya” hujumchisi Lyuk de Yong “PSV”ga o‘tdi.
“PSV” hujumchi uchun “Sevilya”ga 4 million yevro to‘lab beradi.
Qayd etib o‘tish joiz, de Yong ispan jamoasiga aynan “PSV”dan kelib qo‘shilgan edi. Niderlandiya klubida Lyuk 2014-yildan 2019-yilga qadar faoliyat olib borgan. Shundan so‘ng “Sevilya” 12,5 million yevro evaziga hujumchini o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuk de Yong o‘tgan mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)