Muhammad Saloh “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti ma’lum qildi.
30 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Salohning amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha edi. Misrlik vinger 2017-yilda “Roma”dan “Liverpul”ga o‘tgan edi.
Muhammad Saloh 2021/22-yilgi mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda ishtirok etib, 31 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)