“Everton” hujumchisi Risharlison “Tottenhem”ga o‘tdi. Bu haqida londonliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.
“Shporlar” 25 yoshli futbolchi uchun mersisaydliklarga 50 million funt to‘laydi. Yana 10 million bonus sifatida berilishi ko‘zda tutilgan.
Braziliyalik hujumchi “Tottenhem” bilan 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Risharlison 2018-yildan 2022-yilga qadar “Everton” sharafini himoya qilgan. Hujumchi faoliyati davomida “Amerika Mineyro”, “Fluminense”, “Uotford” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Izoh (0)