• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bir guruh shaxslarga hujum qilingani yuzasidan tafsilotlar e’lon qilindi

    Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida bir guruh shaxslar ishtirokida janjal sodir bo‘lgani va aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qilgani xabar qilingandi. Toshkent shahar sudlari axborot xizmati ushbu ish bo‘yicha tafsilotlarni ochiqladi.

    Nima bo‘lgan edi?

    Aniqlanishicha, J.A., M.X., S.M., S.X. va dastlabki tergovda aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2021-yil 31-oktabr kuni soat 22:00 larda, inson hayoti va salomatligiga jiddiy ziyon yetkazuvchi o‘tkir tig‘li xanjar (pichoq) va boshqa buyumlar bilan qurollanib, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan “SamPI” savdo majmuasi oldida J.I., A.T., A.K., S.A. va D.M. ni o‘ldirish va zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish maqsadida ularga hujum qilib, o‘ldirish va jiddiy tan jarohati yetkazilishini namoyon qiluvchi faol harakatlarni amalga oshirganlarida, bundan xavfsiragan J.I., A.T., A.K., S.A. va D.M. hodisa joyidan qochib yashiringan.

    B.T. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Iyk ota” MFY, Baxt ko‘chasi, 41-uyda joylashgan “Shodlik” nomli ko‘ngilochar maskanini hammom-saunasida ma’mur bo‘lib ishlab, 2021-yil noyabr oyining boshlarida S.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mazkur ko‘ngilochar maskani ish yurituvchisi D.Sh.ning ko‘rsatma va talablariga zid ravishda, faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirib, o‘zlarini ko‘ngilochar maskani hammom-saunasi egasidek faraz qilib, ushbu hammom-saunada fohishaxona tashkil qilib, u yerga kelgan mijoz va xizmat ko‘rsatuvchi fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar o‘rtasida ular tomonidan qo‘yilgan talablarni rioya etilishini ta’minlab, D.Sh. ning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

    Bundan tashqari, S.M. bilan B.T. o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Iyk ota” MFY, Baxt ko‘chasi, 41-uyda joylashgan “Shodlik” nomli ko‘ngilochar maskanini hammom-sauna qismida fohishaxona tashkil etib, tashrif buyurgan mijozlar tomonidan tartibga rioya etilishini ta’minlab, 2021-yil noyabr oyining boshlaridan 2021-yil 1-dekabr kuniga qadar mijozlarga R.A., N.S., U.Y., R.A., A.V. va boshqa ayollarning shahvoniy xizmatlarini taklif qilish yo‘li bilan pul evaziga ularga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, ko‘rsatilgan intim xizmatlar uchun har bir mijozdan olingan 200 000 so‘m miqdoridagi pullardan 50 000 so‘mini ulush sifatida qo‘lga kiritib kelgan.

    Sud hukmi

    E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, J.A. Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan J.A.ni 2021-yil 6-noyabrdan 2022-yil 27-iyunga qadar qamoqda saqlanganini e’tiborga olib, tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosini to‘liq o‘tagan deb hisoblanishi belgilanib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar J.A. ga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

    M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismi bilan yuritilgan jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 5-qismi 2-bandiga asosan aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib harakatdan tugatildi.

    M.X. Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 60 (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2020-yil 5-iyundagi hukmiga ko‘ra tayinlangan jazoni o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan M.X. ga uzil-kesil o‘tash uchun 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan M.X.ni 2021-yil 6-noyabrdan 2022-yil 27-iyunga qadar 7 oy 21 kun qamoqda saqlanganini e’tiborga olib, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosidan chegirib tashlandi hamda uzil-kesil 10 oy 9 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi. M.X. ga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar M.X.ga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

    S.M. Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi, 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 3-qismi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    B.T. Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi va 229-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi. B.T. ga nisbatan qo‘llanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilib, sud zalida qamoqqa olindi.

    S.X. Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 60 va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 25-yanvardagi hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan S.X.ga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya’ni 11 150 000 so‘m jarima va 2 yil 7 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Tayinlangan jarima S.X. tomonidan 2021-yil 2-fevral kuni to‘liq to‘langanligi inobatga olindi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan S.X.ni 2022-yil 4-apreldan 2022-yil 8-aprelga qadar 4 kun qamoqda saqlanganini e’tiborga olinib, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosidan chegirib tashlandi hamda uzil-kesil 2 yil 6 oy 26 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

    Jinoyat-protsessual kodeksining talablariga muvofiq, apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum va jabrlanuvchi-fuqaroviy da’vogar tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxalari topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

    Belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi.

    30.06.2022, 05:36   Izoh (0)   29725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yashovchi o‘smir 17 nafar buxorolikning plastik kartochkasidagi pullarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi

    30.06.2022, 04:41

    SSV: Toshkent shahridagi maxsus kovid-poliklinikalari tun-u kun faoliyat olib bormoqda

    30.06.2022, 03:33

    Namanganda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ayol ikkinchi marta to‘xtatib qolindi

    30.06.2022, 02:29

    Uzbekistan Airways Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar sonini oshirmoqda

    30.06.2022, 01:10

    Qamchiq dovonida Mercedes-Benz yuk mashinasi yo‘l o‘rtasida temir to‘siqqa urildi

    30.06.2022, 00:21

    O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 30-iyun kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    29.06.2022, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.