• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Dunyo bo‘ylab resessiya xavfi oshdi. AQSH va Yevropa iqtisodiyoti keskin sekinlashmoqda

    Iyun oyida AQSH va Yevropa iqtisodiyoti keskin sekinlashdi, chunki energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishi boshqa tovar va xizmatlarga talabni zaiflashtirmoqda. Biznes so‘rovlari butun dunyo bo‘ylab resessiya xavfini oshirdi. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

     

    Resessiya — vaqtinchalik iqtisodiy pasayish davri bo‘lib, bu davrda savdo va sanoat faoliyati qisqaradi, odatda ikki chorakda yalpi ichki mahsulotning pasayishi bilan belgilanadi.

    Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi raqamlar Yevropada ham, AQSHda ham kelajak qanchalik mavhumligini ko‘rsatmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi urushi butun dunyo bo‘ylab yuqori inflyatsiya tarqalishi bilan global iqtisodiy o‘sishga ta’sir qildi. 

    Iqtisodiyotlar, shuningdek, ta’minot zanjiridagi uzilishlar va biznes investitsiyalarini cheklaydigan yuqori foiz stavkalariga duch kelmoqda. Yevropada bu qishda energiya tanqisligi yuz berishi ehtimoli bor.

    Germaniya tabiiy gaz tanqisligi bilan kurashish bo‘yicha uch bosqichli rejasining ikkinchi bosqichini ishga tushirdi. 

    Tahlilchilar buning oqibatida Yevropaning eng yirik iqtisodiyotidagi ishlab chiqaruvchilar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishini aytmoqda.

    S&P Global ma’lumotlar firmasi AQSHda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faollikni o‘lchaydigan indeksi iyunda o‘tgan oydagi 53,6 dan 51,2 ga tushib, besh oylik eng past darajaga yetganini ma’lum qildi. 

    Yevropada indeks may oyida 54,8 dan iyun oyida 51,9 ga tushdi, bu 16 oylik eng past ko‘rsatkichdir. 

    AQSHda chakana savdo may oyida keskin tushib ketdi. Bundan tashqari 30 yillik qat’iy foizli ipoteka stavkalari 5,81 foizgacha ko‘tarildi. Bu 2008-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

    Inflyatsiya esa so‘nggi 4 yillikda eng yuqori darajada bo‘lmoqda. Bu AQSH Federal rezerv tizimini foiz stavkalarini zudlik bilan oshirishga majbur qildi. 

    Buning ortidan AQSH iqtisodiyoti 2022-yilning uchinchi choragida qisqarishi mumkin. Yevropada esa ikkinchi chorakda iqtisodiyot atigi 0,2 foizga o‘sishi kutilmoqda.

    AQSHda ham, Yevropada ham ishlab chiqarish ikki yil ichida birinchi marta pasaydi, so‘nggi oylarda COVID-19 cheklovlari olib tashlanishi natijasida o‘sgan xizmatlar sohasi keskin kamayib ketmoqda.

    Yevropada iyun oyidagi iqtisodiy holat 2008-yilning noyabr oyidan beri, global moliyaviy inqiroz eng yuqori cho‘qqiga chiqqanidan beri eng yomon ko‘rinishda. 

    Narxlar o‘sishining uzoq davom etishi bilan butun Yevropa stagflyatsiya davriga kirgan ko‘rinadi, — deydi Capital Economics iqtisodchisi Jek Allen-Reynolds.
     

    Stagflyatsiya — sekin iqtisodiy o‘sish va nisbatan yuqori ishsizlik yoki iqtisodiy turg‘unlik bilan tavsiflanuvchi holat. Bu esa bir vaqtning o‘zida inflyatsiya bilan birga keladi. Stagflyatsiyani muqobil ravishda yalpi ichki mahsulotning pasayishi bilan aniqlash mumkin.

    23-iyun kuni tahlilchilar global iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini qisqartirishdi. Endi AQSH iqtisodiyoti bu yil 2,2 foiz va 2023 yilda 1,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Avval bu ko‘rsatkich mos ravishda 3,5 foiz va 2,3 foiz edi. 

    Yevropa uchun esa iqtisodiy o‘sish 2023-yilda 2,1 foizdan 0,5 foizga tushishi prognozlashtirilmoqda.

    28.06.2022, 08:31   Izoh (0)   12634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda eng ko‘p ulgurji savdo amalga oshirilgan hududlar ma’lum qilindi

    27.06.2022, 23:10

    G7 davlatlari Rossiyani jahon bozoridagi ishtirokini to‘xtatishga kelishib oldi

    27.06.2022, 22:45

    O‘zbekiston yaqin yillarda gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin

    27.06.2022, 18:08

    Osiyoda ko‘mir narxi rekord darajada oshdi

    27.06.2022, 17:42

    Energiya narxlarining balandligi Osiyoda tartibsizliklarni keltirib chiqarmoqda. Buning boshqa mamlakatlarga qanday ta’siri bor?

    27.06.2022, 14:57

    Butun dunyo iqtisodiyoti energiya inqiroziga qarshi qanday kurashmoqda?

    27.06.2022, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.