O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin. Bu haqda “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi Behzod Normatovning so‘zlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ehtimol, yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazning hammasi O‘zbekistonda qolar, chunki kimyo zavodlari kengaymoqda, ichki iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kerak, — deydi Normatov eksportning to‘xtashi 2025—2026-yillarga borib sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab.
Ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.
Normatovning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, oydan oyga o‘zgarib turadi. Odatda eksport qilinadigan gaz hajmi qishda kamayadi, yozda esa ko‘payadi.
O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bor, ularning oldida bizda ma’lum majburiyatlar mavjud, — dedi “O‘ztransgaz” rahbari.
Avvalroq “O‘ztransgaz” yil boshidan beri 750 mlrd so‘m zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)