Xarkovning Nemishlyanskiy va Moskva tumanlari rus qo‘shinlarining navbatdagi hujumiga uchradi. Rossiya kuchlarining Xarkovni o‘qqa tutishi natijasida to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi esa yaralandi. Bu haqda 27-iyun, dushanba kuni Xarkov viloyati milliy politsiyasi tergov bo‘limi boshlig‘i Sergey Bolvinov ma’lum qildi.
“Rossiya qo‘shinlari hozirgina Nemishlyanskiy va Moskva tumanlarini o‘qqa tutdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Uylar va mashinalarga zarar yetdi. Tergovchilar keyingi tergov uchun har bir tafsilotni yozib olmoqda”, — deya yozadi Bolvinov Facebook sahifasida.
Izoh (0)