2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3 million 457,8 ming gektarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, umumiy maydonning 74,9 foizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 18,6 foizi – Toshkent viloyati, 2,4 foizi – Qashqadaryo viloyati hamda 2 foizi – Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bundan oldin, Zarafshon milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilishi mumkinligi, O‘zbekistonda kavrak yetishtirish klasterlari tashkil etilishi, Qashqadaryoda prezident topshirig‘i bilan 2,5 ming gektar maydonda pistachilik plantatsiyasi yaratilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)