“PSJ” hujumchisi Neymar faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
RMC Sport xabar berishicha, “Manchester Yunayted” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan jamoalardan biri. Agarda Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa, mankunianlar braziliyalikni xarid qilmoqchi.
Shuningdek, Neymarda “Nyukasl”ga o‘tish variant ham mavjud.
30 yoshli futbolchi JCH—2022 ga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun klubini o‘zgartirishni istamayapti.
Avvalroq “PSJ”ning qatarlik xo‘jayinlari hujumchining jamoadan ketishini xohlayotgani xabar qilingandi. “Barselona”ga Neymarni 50 mln yevroga sotib olish taklif qilingani ma’lum bo‘lgandi.
Neymar 2017-yildan buyon parijliklar sharafini himoya qilib keladi. “PSJ” hujumchi uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘lab bergan edi. Braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2025-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Braziliyalik 2021/22-yilgi mavsum “PSJ” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)