Moskvada “Laskoviy may” guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunovning dafn marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marhum san’atkorni so‘nggi manzilga kuzatish uchun yuzlab muxlislar tashrif buyurgan.
Yuriy Shatunov bilan xayrlashuv Moskvadagi “Troyekurovo” dafn qilish uyida bo‘lib o‘tmoqda.
Binoga kiraverishda sevimli san’atkori xotirasiga hurmat bajo keltirishni istagan odamlarning uzun qatori paydo bo‘ldi.
23-iyun kuni “Laskoviy may” guruhi yakkaxoni Yuriy Shatunov 48 yoshida vafot etdi, uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘ldi.
Avvalroq qo‘shiqchining o‘limidan oldingi so‘nggi holati tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda qo‘shiqchining do‘stlari uni yaqin oradagi kasalxonaga olib kelishgani aks etgan. Holdan toygan va o‘zi yura olmayotgan Shatunovni do‘stlari yelkasiga ko‘tarib olgan. U yerdan Shatunov tez yordam mashinasida Domodedovo kasalxonasiga olib ketilayotganda vafot etgan.
Izoh (0)