• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yuriy Shatunov: Mehribonlik uyida o‘tgan baxtsiz bolalik, “Laskoviy may”dan ketish hamda Germaniyada topilgan baxt

    2022-yil 23-iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 80-yillar oxiri 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etgani haqida xabar berilgandi. “Lisa.ru” nashri marhum xonandaning hayot yo‘li haqida so‘z yuritdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Uning taronalari 30 yildan ortiq vaqt davomida tinglovchilarni quvontirdi. Yuriy Shatunov — 90-yillarning afsonasi, uni hamma biladi: keksa avlod ham, yoshlar ham. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, u og‘riqli, qalbni larzaga soluvchi qo‘shiqlarni kuylagan. “Beliye rozi”, “Leto”, “Pust budet noch”, “Sedaya noch” — bu va boshqa kompozitsiyalari yillar davomida sevib tinglandi.

    Xonandaning jo‘shqin ovozi “Laskoviy May” guruhining timsoliga aylandi. Guruhning kassetalari tarqaldi, solistlarning, ayniqsa Shatunovning portretlari ko‘plab qizlarning xonalari devorlarini bezatadi. Ammo negadir mashhurlik cho‘qqisida Yuriy jamoani tark etishga qaror qildi va keyinchalik butunlay sahnadan g‘oyib bo‘ldi.

    Oddiy oiladan chiqqan yigit

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Yuriy Boshqirdistonning Kumertau shahrida tug‘ilgan. Uning otasi bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan, shuning uchun hayotining dastlabki to‘rt yilida u bobosi va buvisi bilan yashagan hamda onasining familiyasi — Shatunovni olgan.

    Ota-onasi ajrashgach, Yuriy onasinikiga qaytib keldi, ammo u tez orada yana turmushga chiqdi. Shuning uchun ham bo‘lajak xonandaning bolaligini quvnoq xotiralarga boy deb atab bo‘lmasdi: uning o‘gay otasi tez-tez ichib, janjal qilardi, bola esa uydan qochib ketardi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shatunov 11 yoshga to‘lganda onasidan ayrildi va bolalar uyiga topshirildi.

    Avvaliga xolasi Lyubov Makarova unga boshpana berdi, lekin keyinchalik unga bolalar uyida yashash yaxshiroq bo‘lishini tushundi. “Mening ikkita farzandim bor edi — Tatyana va Natalya. Katta qizim bir yarim yoshga to‘lganda, ikkinchi qizim tug‘ildi. O‘sha paytda men uchun ularning hammasiga qarash qiyin edi va men uni bolalar uyiga topshirishga majbur bo‘ldim. U men bilan bir yil yashadi, 12 yoshga to‘lgach, chindan ham qiynala boshladik. Menda mablag‘ yo‘q edi”, — deydi ayol.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    U o‘smirlik yillarini Orenburg shahridagi maktab-internatda o‘tkazdi. U yerda Yuriyni tez-tez ijodiy tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilishdi va to‘garak rahbari Sergey Kuznetsov undagi qo‘shiqchilikka bo‘lgan iste’dodni ko‘rdi. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda Yuriyning o‘zi musiqaga qiziqmagan, u ko‘plab bolalar singari sportni yaxshi ko‘rardi.

    Biroq Kuznetsov uni boshqa yetimlarni o‘z ichiga olgan “Laskoviy May” guruhining yetakchi qo‘shiqchisi bo‘lishga ko‘ndirdi. Yigitlar “Vecher xolodni zimi” va “Metel v chujom gorode” qo‘shiqlarini yozib, ijro etishni boshladi. Keyinchalik “Beliye rozi” va “Sedaya noch” kabi mashhur taronalar chiqdi va birinchi albom ham yozildi.

    Kasseta “Miraj” guruhining menejeri Andrey Razinga yetib keldi, u o‘sha paytda yangi guruh yaratish haqida o‘ylayotgan edi. Bungacha u iqtidorli bolalarni izlab ko‘plab mehribonlik uylariga borgan, biroq mosini topa olmagan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Yakkaxon karyera

    Andrey Razinning ideallari Petlyura va Elvis Presli edi, ular tufayli u Yuriy Shatunovning unutilmas qiyofasini yaratdi. Shundan so‘ng guruh yangi bosqichga ko‘tarildi — qo‘shiqlar ko‘plab tadbirlarda yangradi, konsert zallari son-sanoqsiz muxlislar bilan to‘ldi.

    “Ma’lum bo‘ladiki, biz kasb tanlamaymiz, ammo xohishimiz har doim ham imkoniyatlarimizga to‘g‘ri kelavermaydi. Ya’ni, men umuman nima uchun bu yerda ekanimni bilmaydigan va tushunmaydigan joyga tushib qolganim ma’lum bo‘ldi. Keyin bir muncha vaqt o‘tgach,  men sohamga professional munosabatda bo‘lishni boshladim, bunga ko‘p vaqt ajratdim, o‘z-o‘zimni tarbiyalash, o‘qish bilan shug‘ullana boshladim”, — degan edi Yuriy o‘z tanlovi haqida.

    Yuriyga omad darrov kulib boqdi: bir zumda oddiy yigitdan pop yulduziga aylandi. “Men o‘zimni omadli deb hisoblayman: to‘g‘ri vaqtda, kerakli joyga yetib keldim, kerakli odamlarni uchratdim yoki ular men bilan uchrashdi”, — degan xonanda 2006-yilda bergan intervyusida.

    Shatunov erta kelgan mashhurlikka dosh berdi va ko‘plab hamkasblari kabi yulduzlik kasaliga chalinmadi. 1991-yilda u guruhni tark etib, yakkaxon karyerasini davom ettirishga qaror qildi. “Men vatanni tark eta olmadim, chunki men davlat farzandi edim va hali qo‘limda pasportim yo‘q edi. Men qolishga majbur bo‘ldim”, — dedi xonanda.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ma’lum bo‘lishicha, yakkaxon xonanda va prodyuser o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lmagan. Ya’ni Razin Shatunovga guruhning qo‘shiqlarini ijro etishni taqiqlagan, garchi ularning aksariyati Sergey Kuznetsov tomonidan yozilgan bo‘lsa ham.

    “Endi mualliflik huquqi egasiman, chunki Sergey Kuznetsov 2019-yil 1-oktabrda men bilan imzolagan shartnomada muallif va ijrochi sifatida barcha huquqlarni menga o‘tkazdi”, — dedi xonanda.

    Guruhni tark etgach, u yakkaxon karyerasini davom ettira boshladi. Shu bilan birga, Germaniyaga jo‘nab ketdi. U yerda “Znayesh” nomli birinchi albomini yaratish bo‘yicha studiyada ishladi. Lekin deyarli sahnalarga chiqmadi, bir necha yil o‘tgach, u konsert berishda davom etdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ijrochining muxlislari nafaqat 80—90-yillarning yoshlari, balki yangi avlod vakillari ham edi. Yuriyning ijodi hech qachon to‘xtab qolmadi, u tez-tez qo‘shiqlar chiqardi, ularning aksariyati yana xitga aylandi.

    “Bir narsa odamlarni — nafaqat kattalarni, balki yoshlarni ham ushlab turadi. Men yaratgan barcha treklar menga nima bo‘layotganini, hayotim qandayligini aytadi. Eshitishning o‘zi kifoya, unda barcha javoblar bor”, — deb aytgan Shatunov.

    Yuriy Shatunov shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmasdi. Biroq u bir necha bor uzoq munosabatlarga ega bo‘lganini ta’kidlagan, ammo ular jiddiy tus olmagan. Xonanda doimo o‘zi bilan teng, unga muxlisdek munosabatda bo‘lmaydigan, uning mashhurligiga oshiq bo‘lmagan ayolni qidirardi.

    U muxlislarni ham, jurnalistlarni ham shaxsiy hayotiga kiritmadi. Biroq keyinchalik Yuriy uzoq kutilgan sevgisini uchratgani ma’lum bo‘ldi. Tanishuv Germaniyada bo‘lib o‘tdi, xonanda “Laskoviy may”dan so‘ng u yerga ko‘chib ketgandi. Nogahon Svetlanada u o‘zining rafiqasi va bolalarining onasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayolni ko‘rdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ammo Svetlananing qarindoshlari dastlab uning taniqli xonanda bilan aloqasiga qarshi edi. “Go‘yoki barcha san’atkorlarning har bir shaharda besh-yetti nafar qiz do‘sti bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Uzoq vaqt davomida men Svetaning qarindoshlari bilan umuman tanishishni xohlamadim. Ammo oxir-oqibat, qaynonam bilan uchrashganimdan so‘ng hammasi joyiga tushdi”, — deya tushuntirgan Yuriy.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Juftlik 2000-yildan boshlab uchrasha boshladi. Olti yil o‘tgach, ularning o‘g‘li Dennis tug‘ildi va bir yildan keyin ular turmush qurdi. 2013-yilda ularning oilasi bitta qiz farzandga ko‘paydi. Xonanda farzandlarini o‘zining izidan borishini istamasligini aytib o‘tgan, lekin agar ular shunda ham musiqaga qiziqsa, u aralashmasligini ma’lum qilgan.

    Afsuski, endi u farzandlarining qanday o‘sib, nima kasb egasi bo‘lishini ko‘ra olmaydi. 2022-yil 23-iyunga o‘tar kechasi Yuriy bu dunyodan ko‘z yumdi: u tez yordam mashinasida yurak xurujidan vafot etdi. U endigina 48 yoshda edi.

    Mavzuga doir:

    • “O‘lim oldidan talvasa”. Ijtimoiy tarmoqda Yuriy Shatunov hayotining so‘nggi lahzalari aks etgan video paydo bo‘ldi
    • Yuriy Shatunovga chaqirilgan tez yordam kelmagan, natijada 40 daqiqa vaqt yo‘qotilgan — OAV

    25.06.2022, 12:02   Izoh (0)   33659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    50 yoshdan keyin mashhur bo‘lgan va orzuga erishish uchun hech qachon kech emasligini isbotlagan yulduzlar (foto)

    24.06.2022, 21:44

    Xonanda Billi Aylish Coachella festivalida o‘z qiyofadoshidan foydalanganini ma’lum qildi

    24.06.2022, 15:49

    Bollivud yulduzi Priyanka Chopra uy uchun kerakli barcha buyumni o‘z ichiga olgan Sona Home brendini ishga tushirdi (foto)

    24.06.2022, 11:26

    Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit ikkinchi marta ota bo‘ladi

    24.06.2022, 09:50

    Yuriy Shatunovga chaqirilgan tez yordam kelmagan, natijada 40 daqiqa vaqt yo‘qotilgan — OAV

    24.06.2022, 09:11

    “O‘lim oldidan talvasa”. Ijtimoiy tarmoqda Yuriy Shatunov hayotining so‘nggi lahzalari aks etgan video paydo bo‘ldi

    23.06.2022, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.