Mashhur turk juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen ikkinchi marta ota-ona bo‘ladi. Aktyorning rafiqasi Fahriye 3 oylik homiladorligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, deb yozadi “Rus.Turkey.com”.
Ushbu yangilik juftlikning muxlislarini unchalik ham hayratga solmadi, chunki avvalroq Evjen ikkinchi farzandini dunyoga keltirmoqchi ekanini bir necha bor aytgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda ularning Karan ismli o‘g‘li bor, u ikki tomchi suvdek mashhur dadasiga o‘xshaydi. Shuningdek, Burak va Fahriye turk shou-biznesidagi eng baxtli va go‘zal juftliklardan biri sanaladi. Burak O‘zchivit o‘zbek tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi”, “Sevgi iztirobi” va “Tirilish. Usmon” kabi seriallar orqali tanish.
Mavzuga doir:
- Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi
- Fahriye Evjen yangi xalqaro loyihada Turkiyaning yuziga aylandi
- Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)
Izoh (0)