FIFA 2022-yilgi Jahon Chempionatida terma jamoalar qaydnomasi kengaytirilishini ma’qulladi.
Qatarda bo‘lib o‘tgan musobaqada har bir jamoa tarkibida 23 nafardan 26 nafargacha futbolchi olib kelishlari shart bo‘ladi. Shu bilan birga kengaytirilgan ro‘yxatda endi 55 o‘yinchi bo‘lishi mumkin — avvalgidan 20 taga ko‘proq.
Reglamentga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos sifatida JCH—2022 ning kuz-qishda o‘tayotgani va koronavirus pandemiyasining futbolga ta’siri olingan.
Avvalroq FIFA Qatarda—2022 da terma jamoalarga qaydnomaga 26 nafar o‘yinchini kiritishga ruxsat berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon Chempionati 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Fransiya terma jamoasidir.
Izoh (0)