• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bu uning haqligini tan olish degani edi”. Zinedin Zidanning “kalla qo‘yishi”, oilasi va bir umrlik sevgisi haqida

    Jahon futbolida ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida katta natijalarga erishganlar kamchilikni tashkil qiladi. Biroq bunday yetuk mutaxassislar qatorida asli kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan fransuz Zinedin Zidan alohida o‘ringa ega. Zidanning har ikkala frontdagi yutuqlari haqida istalgancha, to‘xtovsiz gapirish mumkin, biroq uning qiyin o‘tgan bolaligi, futbolgacha bo‘lgan yo‘li va nima uchun Marko Materatssiga “kalla qo‘ygani”ni ham bilavermaydi. 23-iyun kuni Zinedin 50 yoshni qarshi oldi, shu munosabat bilan quyida mana savollarga javob beriladi.

    Foto: Getty Images

    Zidanning otasi bir necha yillar qurilishlarda tunab yurgan

    Qishloq xo‘jaligi ishchisi Ammi Smail Zidan 1953-yilning qishida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kabiliya (Jazoir) viloyatini tark etadi. U Parij chekkasidagi qurilish maydonchalaridan biridan qo‘nim topadi. Smailning doimiy turar joyi bo‘lmagan, shuning uchun qurilish maydonchasida tunashga majbur bo‘ladi; u o‘zi uchun vaqtinchalik boshpana “barpo etadi”, biroq “imorat” sovuqdan yaxshi himoya qilmasdi.

    Parijga kelganidan o‘n yil o‘tib, Smail oila quradi. Smail Malika ismli qizga uylanadi, u ham Jazoirning Kabiliyasidan kelgandi. Biroq tanishuv Marselda bo‘lib o‘tadi. Oilada besh farzand dunyoga keladi. Dastlab uch nafar o‘g‘il: Majid (1963), Farid (1965) va Nordin (1967), keyin esa Lila (1969) ismli qiz farzand. 1972- yilning 23-iyunida oilada kenja farzand dunyoga keladi. Unga Zinedin ismi beriladi.

    Zidanning otasi va akasi

    Zidanning otasi va akasi
    Foto: Getty Images

    Bola ulg‘aygach, u o‘zini ikkinchi ismi bilan — Yazid deb chaqirishlarini so‘raydi. Yazid onasining doimiy g‘amxo‘rligi va akalari qurshovida maktabdan keyin soatlab Tartan maydonida futbol o‘ynash bilan band bo‘lardi. Aynan o‘sha yerda Zidan eng qiyin oyoq harakatlarini akasi, tabiatan futbol o‘ynash qobiliyatiga ega bo‘lgan Nordin bilan mashq qilardi.

    Futbolda Yazid hujumga o‘tishdan iymanib o‘tirmasdi, shu bilan birga agar kerak bo‘lsa, himoyaga qaytib, o‘ynashga ham qarshilik qilmasdi. Bunday fidoiylik unga otasidan o‘tgandi. U farzandlariga ta’lim berish va yaxshi tamoyillarni singdirish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilgandi. Shu bilan birga Zizuga kamtarlik, sovuqqonlik va xotirjamlik borasida ham tenglashish mushkul edi.

    “Kann” akademiyasida yotoq joy bo‘lmagan, shu bois Zidan begona oilada yashashga majbur edi

    Zidan “Kann” akademiyasiga chaqiriladi, ammo klubda maktab-internat yo‘q edi. Ota-onasi o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qiladigan oila topilganidan keyingina o‘g‘lini boshqa shaharga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi. Ularning nazarida oilaviy muhit o‘rnini hech narsa bosa olmasdi.

    “Kann” seleksioneri ularni Jan-Klod va Nikol Elino bilan tanishtiradi, ular ham o‘z navbatida bolani olib qolishga rozi bo‘ladi. Juftlik kamtarona hayot kechirishiga qaramay uch nafar bolani voyaga yetkazgandi, bundan tashqari, oila “Kann” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini ham qaramog‘iga olardi. “Kann” seleksioneri ularga yosh Zidanga boshpana berishni so‘rab kelganida, oila bilan bir bola yashayotgandi.

    Zidanning ota-onasi

    Zidanning ota-onasi
    Foto: Getty Images

    Jan-Klod zavodda ishlardi. Zavodlar shahar iqtisodiyotining asosini tashkil etar va Kanndagi eng yirik ish beruvchi hisoblanardi.

    Jan-Klod va uning rafiqasi Nikol Yazidni (u o‘zini shu nom bilan chaqirishlarini so‘ragan) juda yaxshi ko‘rib qoladi. Bolakay odobli, xushmuomala, uyatchan va tabassum qilishni kanda qilmasdi. Uni ko‘rgan odam bolani o‘z himoyasiga olgisi va g‘amxo‘rlik qilgisi kelardi, u ba’zida haddan tashqari uyatchanligi tufayli odamlardan uzoqlashib ketgandek tuyulardi. U o‘zining samimiyligi bilan Elino oilasini o‘ziga rom etadi va ular uni qabul qilishga rozi bo‘lishadi. O‘z navbatida, Elino oilasi ham Zidanning ota-onasiga juda yoqib tushadi. Ular o‘zi uchun qiyin bo‘lgan qarorni qabul qilib, o‘g‘lini boshqa shaharga qo‘yib yuboradi. Shu tariqa yosh Zinedinning Kanndagi sarguzashtlari boshlanadi.

    Foto: Globallookpress

    Birinchi mashina va butun umrga tatigan birinchi sevgi

    “Kann” safidagi ilk golini urgan uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qolganida Zidan zaxiraga olinadi. Uni kuchli olqishlar bilan kuzatib qo‘yishadi. Bu birinchi, katta tan olish edi. Birinchi gol — birinchi golni anglatardi. Klub prezidenti debyutantga qizil rangli Renault Clio avtomobilini sovg‘a qiladi.

    Mashina kalitini Zidanga topshirish uchun prezident o‘quv markazi foyesida kichik ziyofat uyushtiradi. Ziyofatda Zidanning sheriklari birinchi bo‘lib uning yonida 20 yoshli qizni ko‘rishadi. U mahalliy yotoqxonalarning birida yashardi, ulg‘aygan Zidan ham Elinolar oilasida bir yil yashab, u yerga ko‘chib o‘tadi.

    Veronika iste’dodli balerina edi, biroq turmush o‘rtog‘i va farzandlari tarbiyasi uchun karyerasidan voz kechadi. U maftunkor, ochiq ko‘ngil va, albatta, Yazid kabi juda xotirjam edi. Zidanning do‘stlari ularning sevgisi “yotoqxonalardagi muhabbatga” xos emasligini darhol payqaydi. O‘sha paytlarda ham ular haqiqiy juftlikdek ko‘rinardi.

    Foto: Globallookpress

    “Marsel” va Arsen Vengerning “Monako”si Zidandan voz kechgani haqida

    Mavsumning qizg‘in pallasida “Kann” xorvatiyalik sifatli hujumchi Alen Boksichni qo‘lga kiritadi. “Marsel” uni ijaraga berishga rozi bo‘ladi. Klub muxlislari bu xabarni xursandchilik bilan kutib oladi, ammo ishonchsizlik ham paydo bo‘ladi: “Nega bizga shunday yaxshi futbolchi kelmoqda”? Bu ijara evaziga “Marsel” “Kann”ning asosiy iqtidori Zinedin Zidanni sotib olish huquqiga ega bo‘lganini hali ko‘pchilik bilmasdi.

    Foto: Getty Images

    Ammo hammasi butunlay boshqacha bo‘lib chiqadi. Bokshich debyut uchrashuvidayoq raqib darvozaboning chetlatilishiga erishadi. Yangi hujumchi kelishi bilan “Kann” hujumda ancha tajovuzkorroq o‘ynay boshlaydi. Jamoa u bilan birga Liga 1 da qolishi mumkinligiga umid bog‘laydi.

    Foto: Getty Images

    Biroq ko‘p o‘tmay “Lion” rahbarlari federatsiyaga Bokshichning ijara shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida petitsiya bilan murojaat qiladi. Klub hujumchining ularga qarshi o‘ynagani va darvozabonini maydondan chetlatganidan g‘azablanadi. Norozilikning mohiyati shundan iborat ediki, Bokshich Fransiyadagi birinchi mavsumidayoq ijara asosida boshqa klubga o‘tish huquqiga ega bo‘lmagan. Federatsiya “Lion” foydasiga qaror chiqaradi va ijara bekor qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Shu sababli Zidan bo‘yicha ham kelishuv buziladi. “Kann” Yazidni sotish fikridan voz kechmaydi, ammo “Marsel” futbolchiga nisbatan qiziqishini yo‘qotadi. Bosh direktor bunga qarshi chiqadi, uning yordamchisi aksincha buni qo‘llab-quvvatlaydi. Bosh murabbiy ham bosh direktor tarafda bo‘ladi — u Zidanni juda sekin harakat qiluvchi futbolchi deb hisoblaydi. Marsel prezidentida ham shubha paydo bo‘ladi. “Kann” Yevrokuboklarda porlamay qo‘yadi va xafli zonaga yaqinlashib qolgandi, bu ham Zidanga qiziqishning pasayishiga ta’sir o‘tkazadi.

    Mavsum oxirida “Kann” quyi ligaga tushib ketdi va “Marsel” dastlab 8 million va’da qilgan bo‘lsa-da, transferdan voz kechadi. Shu tariqa Zidanga xaridor topilmaydi. Shundan keyin Zidan bilan yoshlar jamoasida birga ishlagan “Kann” bosh murabbiy Gi Lyakombning shaxsan o‘zi uni sotishga urinadi.

    U “Monako”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Arsen Vengerga chiqadi. Ammo Venger Zidanning o‘tgan mavsumdagi o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaydi va yarim himoyachini sotib olishga oshiqmaydi.

    Mavsum boshlanishiga quyi ligada hozirlik ko‘rayotgan Zizuni “Kann”dan hech bir klub sotib olishni istamaydi. Ammo so‘nggi pallada variant paydo bo‘ladi. “Bordo” “Kann”ning ikki futbolchisi Jan Daniyel va Erik Gerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ladi. Ular bilan birga Zidan ham yangi jamoaga yo‘l oladi.

    Sport nuqtai nazaridan, hammasi yaxshi edi. Zidan elitada qoladi va himoyasi yaxshi shakllangan jamoaga o‘tadi. Boshqa tomondan esa u bu tarzdagi voqealar rivojidan ranjiydi. Shunday bo‘lsa-da, “Marsel” uning qadrdon shahri klubi va fransuz futbolining yetakchilaridan biri edi.

    Bir mavsum o‘tib, “Marsel” kelishilgan o‘yinlar tufayli ikkinchi divizionga tushib ketadi. Shu tariqa “Kann”ni vaqtida tark etgan va “Marsel” bilan shartnoma imzolamagan Yazid o‘zi istamagan holda bir o‘q bilan ikki quyonni urgan bo‘lib chiqadi.

    Materatssiga nega “kalla qo‘yganini” aytib, rekord darajada tomoshabin yig‘gani haqida

    2006-yilgi Jahon Chempionati finali. Marko Materatssi jarima maydonchasi ichida Zidanning futbolkasidan ushlab qoladi. Hakamlar vaziyatga e’tibor qaratmaydi. Epizod tugaydi, to‘p va hakam maydonning ikkinchi yarmi edi. Shu onda fransuz ortiga o‘girilib, Materatssining oldiga boradi va boshi bilan unga zarba beradi. Zarba italiyalikning ko‘kragiga kelib tushadi. Marko sodir bo‘lgan vaziyatdan shok holatiga tushadi va maydonga yiqiladi, albatta, bunga zarba kuchi ham ta’sir o‘tkazadi.

    Foto: Getty Images

    Materatssining bo‘yi 193 smni tashkil qilgan. Istalgan atlet havas qilishi mumkin bo‘lgan natija. Materatssi uzoq vaqt davomida gazonda yotadi, stadiondagi tomoshabinlar esa buni vaqt cho‘zishga yo‘yadi. Bo‘lgan voqeani hech kim ko‘rmay qoladi. Argentinalik hakam Orasio Elisondo ikkala yordamchisidan ham vaziyat haqida so‘raydi. Ammo har ikkala laysmen ham hech narsa ko‘rmaganini aytadi. Xuddi shu savol zaxira hakamiga ham beriladi.

    Garchi u buni qat’iyan rad etsa ham, katta ehtimol bilan to‘rtinchi hakam video takrorni kuzatgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham aynan u bosh hakamdan Zidanga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishni so‘raydi.

    Foto: Getty Images

    Zidan kiyinish xonasiga kirib ketadi va kumush medalni olish ham uchun maydonga qaytib chiqmaydi. Jamoadoshlari kiyinish xonasiga kirganida, u barchadan kechirim so‘raydi. Biroq jamoadoshlari uni bu ishi uchun ayblamaydi.

    Italiya Materatssini qahramon sifatida olqishlayotgan bir paytda OAV Zizuni yomon otliq qilish bilan band edi. Butun dunyoda u o‘z faoliyatini barbod qilgani haqida aytiladi va yoziladi. Zidanning “kalla qo‘yayotgani” tasvirlangan surat minglab ommaviy axborot vositalarining muqovasidan shov-shuvli sarlavhalar bilan joy oladi.

    Foto: Getty Images

    Xo‘sh, Materatssi nima degan o‘zi? Bu borada turli xil mish-mishlar tarqalgan. Braziliyalik surdo-tarjima bo‘yicha mutaxassislar Materatssi Zidanning singlisini uch marta haqorat qilganini aytadi. Angliyalik mutaxassislar esa italiyalik Zidanning onasini haqorat qilganini ilgari suradi.

    Bir necha soniya uning libosidan ushlab turdim, shunda u men tomonga o‘girilib, takabburlik bilan boshimdan oyog‘imgacha qarab chiqib, ustimdan kulish ohangida shunday dedi: “Agar futbolkamni olging kelayotgan bo‘lsa, keyinroq uni senga beraman”. Ha, unga haqorat bilan javob berdim. Ammo bu istalgan  futbolchi o‘yinda o‘nlab marotaba eshitadigan haqorat edi.

    Marko Materatssi

    Asta-sekin omma Materatssini qahramon sifatida qabul qilishni to‘xtatadi va ko‘proq uning boshqa provokatsiya va qo‘polliklarini esga olishni boshlaydi.

    Zidan omma oldida chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi va Canal+ kanaliga katta intervyu beradi. Shu intervyu sabab kanal boshqa sun’iy yo‘ldosh kanallariga qaraganda ko‘proq auditoriya ulushiga ega bo‘ladi: 33,5% — taxminan, 6 million tomoshabin.

    Foto: Getty Images

    Zizu imkon qadar ochiq gapirishga harakat qiladi. Musobaqa haqidagi uzoq suhbatdan keyin Materatssi bilan bog‘liq vaziyatga o‘tadi.

    Haqoratlar oilamga qaratilgandi. Onam, singlim. Bularni bir marta eshitasiz va e’tibor bermaslikka harakat qilasiz. Shunday qildim ham. Ammo keyin ikkinchi, uchinchi marta eshitasiz. Bunday nomaqbul harakatlarim uchun bolalardan uzr so‘rayman. Xatti-harakatlarim kechirib bo‘lmas darajada. Albatta, bunday qilish yaramaydi. Buni baland ovozda va omma oldida aytishimga sabab — vaziyatni ikki yoki uch milliard teletomoshabinlar, jumladan, millionlab bolalar ham ko‘rdi.

    Zinedin Zidan

    Fransuz shu va boshqa intervyulari davomida qilmishi uchun bir necha bor uzr so‘ragan. Ammo qilgan ishidan afsusda ekanligini tan olmaydi: “Bu uning haqligini tan olish degani edi”, — deydi Zidan.

    Ijtimoiy so‘rovnomalar fransuzlarning 60 foizi Zidan nima uchun bunday qilganini tushunishini ko‘rsatgan. Intervyudan keyin esa bu ko‘rsatkich 82 foizga yetadi.

    Foto: Getty Images
    23.06.2022, 23:54   Izoh (0)   64005
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Paxtakor” safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi, Rashidovdan super gol (video)

    23.06.2022, 22:13

    Luis Suares “Barselona” taklifini rad etdi

    23.06.2022, 20:34

    “Barselona”ga Neymarni 50 mln yevroga sotib olish taklif qilindi

    23.06.2022, 19:02

    Saken Po‘latov “Olimpik” futbol klubiga prezident etib tayinlandi

    23.06.2022, 18:04

    Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish istagida ekanini ma’lum qildi

    23.06.2022, 16:50

    O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi

    23.06.2022, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada salkam 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 08:19

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.