“Tottenhem” hujumkor yarim himoyachisi Son Hyon Min Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galetining yozishicha, “Real” hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan bir qancha futbolchilarni kuzatib bormoqda. Osiyolik o‘yinchi ham asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Son Angliya Premyer Ligasida 2021/22-yilgi mavsumda to‘purarlar ro‘yxatida 1-o‘rinni egalladi. U “Liverpul” yarim himoyachisi Muhammad Saloh bilan bir xil natija ko‘rsatdi — 35 o‘yinda 23 ta gol.
Ma’lumot o‘rnida, Son 2015-yildan beri “shporlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Bayer” hamda “Gamburg” klublarida to‘p tepgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)