• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Musofirlikka majbur qilgan inqiroz, “salfetka”ga yozilgan shartnoma va aqlbovar qilmas iqtidor. Kam uchraydigan xastalik sabab “Barselona”ga kelib qolgan Messi hikoyasi

    Lionel Messi bolaligidayoq butun Rosarioni (Messi tug‘ilgan shahar) dahshatga solgandi. “Nyuells Old Boyz”ning bolalar jamoalari murabbiylari hatto Leoning turli musobaqalarda urgan gollarini sanashni to‘xtatib qo‘ygandi, biroq uning 500 tadan ko‘proq marta darvozani ishg‘ol qilgani aniq. Messining jamoasi raqiblarini shafqatsizlarcha qiynardi, har bir o‘yinda kamida 10—12 tadan gol urilardi. Hatto ba’zi jamoalar o‘zlari uchun qoida o‘ylab topib olgandi: “Nyuells” oltinchi golni urgandan keyin ortiqcha qiynalmaslik uchun birdaniga o‘yinni tugatib qo‘yish.

    Foto: Getty Images

    Messida to‘xtab qolmaslik va atrofdagilarni o‘ziga yaqinlashtirmaslik uchun alohida motivatsiya bo‘lgan. Uning o‘sha vaqtdagi murabbiyi Karlos Markoni Messiga har bir gol uchun shirinlik berardi. Agar Messi 4 ta gol urgan bo‘lsa, mos ravishda xuddi shuncha mukofotga ega chiqardi.

    Leoning yanada yaxshiroq bo‘lishi uchun murabbiy unga bosh bilan urilgan golga ikkita shirinlik va’da qiladi. “Keyingi o‘yinda Leo barcha himoyachilar va darvozabonni aldab o‘tdi va to‘pni tepaga ko‘tarib, bo‘sh darvozaga boshi bilan gol urdi. Shunda u menga qaradi va barmoqlari bilan ishora qilib, endi ikkita berasiz dedi”, — yodga oladi Markoni.

    Biroq Messi 9 yoshdaligida “Nyuells” murabbiylari Leoda muammolar borligini payqab qoldi. Barcha sheriklari bo‘y borasida undan baland edi, Messi 1 metr-u 27 santimetr bo‘lgan. Hatto Leoning oynadan atrofni kuzatishi uchun mashina o‘rindig‘iga qo‘shimcha yostiq qo‘yilardi.

    Bu uning musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga ta’sir ko‘rsatmayotgan, biroq kelajakda katta muammolarni keltirib chiqarishi aniq edi: Leo bunday bo‘y bilan yakkakurashlarga kira olmasdi. Shu tariqa chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tishga to‘g‘ri keladi.

    Leoni qutqarib qolgan shifokor

    Foto: Getty Images

    Shu tariqa 9 yoshli Messida organizmning rivojlanishi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan o‘sish gormoni yetishmovchiligi aniqlanadi. Rosarioda Messi bilan ikki yarim yil ishlagan endokrinolog Diyego Shvarsshteynning so‘zlariga ko‘ra kasallik juda kamyob bo‘lib, o‘rtacha 20 ming boladan bir nafarida uchraydi.

    Bunday hollarda o‘sish gormoni bilan davolash tayinlanadi — tananing xususiyatlariga va reaksiyasiga qarab 3—6 yil davomida qo‘l va oyoqlarga muntazam ravishda kunlik inyeksiya qilib boriladi. Professional sportda bunday inyeksiyalar taqiqlangan, chunki agar gormon sog‘lom odamning organizmiga yuborilsa, bu mushak massasining o‘sishiga yordam beradi. Lekin Messi, birinchidan, gormonni bolaligida qabul qilgan, ikkinchidan, buni aniq tibbiy maqsadlarda qilgan, shu bois bu ukollarni doping deb hisoblab bo‘lmasdi.

    “Men maydonda ham, maktabda ham, mahallada ham eng kichigi edim. Shuning uchun har kuni oyog‘imga ukol qilishardi. Kunlar kunlarga, haftalar esa haftalarga ulanib bordi va bu narsa uch yildan ko‘proq davom etdi”, — deydi Messi.

    Qabullarda Leo shifokor Shvarsshteynga deyarli hamma narsa haqida gapirib berardi — har o‘yinda nechta gol urishi, jamoasi qanday musobaqalarda qatnashishi, nimalarga erishmoqchiligi. Kunlarning birida shifokor Messiga shunday deydi: “Maradonadan yaxshiroq bo‘lasanmi yoki yo‘q, bilmadim-u, ammo bo‘ying undan baland bo‘lishi aniq”.

    Hammasi ko‘ngildagidek chiqdi. Hozir Messining bo‘yi 1 metr 69 santimetrga teng. U marhum Diyego Maradonadan ikki santimetrga balandroq.

    Foto: Getty Images

    Argentinadagi davolanish kursi to‘xtab qoladi, Barselonaga uchishga to‘g‘ri keladi

    Biroq davolanish yo‘li qiyinchiliklarsiz o‘tmaydi. O‘tgan asrning 90-yillari oxiri va 2000-yillarning boshida Argentina kuchli iqtisodiy inqirozni boshidan kechiradi, bu 2001-yilda davlat tomonidan qarzlarning to‘lanmasligi, prezidentning iste’foga chiqishi va o‘rta sinfning qulashiga olib keladi.

    Davolanishning dastlabki ikki yarim yili Lionelning otasi ishlagan po‘lat zavodi sug‘urta fondi hisobidan to‘langandi. Inqiroz avj olgach, barcha sug‘urta to‘lovlari qisqartiriladi va Messi o‘sish gormonisiz qoladi. Ukol kursining narxi oyiga 900 dan 1300 dollargacha bo‘lgan. Oilada esa bunday pul yo‘q edi.

    Xorxe Messi avvaliga “Nyuells Old Boyz” rahbariyatiga murojaat qiladi, u klub o‘zining asosiy iqtidorini qutqarib qolishiga umid bog‘lagandi, biroq yakunda adashga bo‘lib chiqadi. Boisi inqiroz futbol klublariga ham ta’sir qilib bo‘lgandi.

    “Ular davolanishga ketadigan mablag‘ni to‘liq ko‘tarishini va xavotir olmasligimni aytdi. Ammo keyinchalik arzimagan summa berishdi. Agar ular davolanishga pul to‘laganida, albatta, Rosarioda qolgan bo‘lardik”, — deb eslaydi Leoning otasi o‘sha damlarni.

    Messi ilk bolalar jamoasida — tepa qator, o‘ngdan ikkinchi

    Messi ilk bolalar jamoasida — tepa qator, o‘ngdan ikkinchi
    Foto: Getty Images

    Messilar oilasi zudlik bilan najot yo‘llarini izlashga tushadi: davolanish kursini uzoq vaqtga to‘xtatib bo‘lmasdi. “Kursning keskin to‘xtab qolishidan hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘q, lekin agar Leo gormonni qabul qilishni to‘xtatganida, hozirgidan ancha pastroq — 1 metr 50 santimetr atrofida bo‘lardi”, — deydi shifokor Shvarsshteyn.

    Ko‘p o‘tmay oilaga Messining ajoyib iste’dodi haqida eshitgan va “Barselona” vakillari bilan tanish bo‘lgan buenos-ayreslik ikki tadbirkor yordam beradi. Shu tariqa Xorxe Messi “Barselona”ning eng muhim xodimlaridan biri bo‘lgan Xosep Mariya Mingelya bilan tanishadi. U klubga o‘tgan asrning 70-yillarida tarjimon sifatida kelgan, keyin murabbiy, yoshlar jamoalari ma’muri, skaut va hatto o‘yinchilar menejeri sifatida faoliyat yuritgandi. U “Kamp Nou”da Diyego Maradona, Romario va Xristo Stoichkovlarning transferlarida ishtirok etgan. Keyinchalik bu ajoyib kelishuvlar ro‘yxatiga Messi nomi ham qo‘shiladi.

    Foto: Getty Images

    “Leoni ilk marta 12 yoshdaligida ko‘rganman. U past bo‘yli, nimjon edi, jismoniy imkoniyatlari tufayli uning yaxshi o‘yinchi bo‘la olishiga shubha bo‘lgan. Lekin ko‘rikdan keyin shunchaki hayratda qoldim. Leo ajoyib odamlar: me’morlar, shifokorlar, buyuk musiqachilar tug‘iladigan aql bovar qilmaydigan sayyoradan kelganga o‘xshardi”, — deya eslaydi Mingelya.

    “Barselona” dastlab Messiga unchalik ham qiziqmaydi, biroq Mingelya klub pozitsiyasini o‘zgartirish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. U Lionel va uning otasiga Ispaniyaga uchish uchun chipta olib beradi, hattoki Barselonada yashash uchun ham pul to‘laydi.

    “Mashg‘ulotlarda Leoning nimalarga qodirligini hamma ko‘radi, muhokamalar haftalab davom etadi, lekin hech kim qaror qabul qilmasdi: kimdir Messini yoqtirar, boshqalarni esa uning bo‘yi ikkilantirardi. O‘shanda klub prezidenti maslahatchisi Xoan Gasparga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim va u sinov o‘yinini belgiladi”, — deydi Mingelya.

    O‘yin “Kamp Nou” yaqinidagi sun’iy qoplamali maydonda bo‘lib o‘tdi, Leo o‘zidan yoshi katta bolalar bilan o‘ynadi, “Barselona” rahbarlari mana shunday og‘ir sharoitda uning rivojlanishi va davolanishiga sarmoya kiritish kerakmi yoki yo‘q degan savolga javob oladi. Messi esa barchani hayratda qoldiradi.

    Biroq o‘sha vaqtga kelib, Messining otasi “Barselona”dan nimadir chiqishiga ishonmay qo‘ygandi. U kataloniyaliklarni ham xuddi “Nyuells Old Boyz” kabi aldab, hech qanday shartnoma taklif qilmaydi degan fikrda edi.

    Foto: Getty Images

    Xorxe Messini tinchlantirish uchun Mingelya va klub prezidenti maslahatchisi vaqtinchalik shartnoma tayyorlaydi. Bu kelishuv 2000-yilning 14-dekabrida Montjuik tog‘laridagi restoranda “salfetka”ga yoziladi. Kelishuv Messi bilan tez orada to‘liq junior-shartnoma imzolanishini kafolatlardi. Shu bilan birga Lionelning otasiga “Barselona” akademiyasi tizimidan ish beriladi.

    Hujjatlar 2001-yil martigacha tayyorlanadi, davolanish esa imkon qadar tezroq o‘tkazilishi zarur edi. Natijada, o‘sish gormoni inyeksiyalarining birinchi kursini “Barselona” bosh direktori Joan Lakueva o‘z yonidan to‘laydi. U Messining otasiga shaxsiy jamg‘armasidan pul beradi.

    Lionelga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik deyarli cheksiz edi. 2001-yil dekabr oyida uning maoshi oshiriladi (bundan tashqari, u “Barselona B” futbolchisi sifatida akademiyadan ham maosh olardi), otasiga Barselonadagi kvartirani ta’mirlash uchun pul o‘tkazib beriladi.

    Shu voqealardan besh yil o‘tib, Leo hech narsa behuda ketmaganini isbotlaydi. 10 yildan keyin esa tom ma’noda afsonaga aylanadi.

    “Barselona” davolanishim uchun pul to‘lashga rozi bo‘lgan yagona klub edi. Klub men uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, unga kerak ekanman, shu yerda o‘ynayveraman”, ­— degandi Messi.

    Biroq 2021-yilga kelib, Messi ko‘zida yosh bilan uyi — “Barselona”ni tark etdi. Biroq bu endi umuman boshqa hikoya...

    24.06.2022, 23:46   Izoh (0)   50779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OFK Kubogi. “So‘g‘diyona” Qirg‘iziston klubini mag‘lub etib, musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Hasanovdan 2 ta assist

    24.06.2022, 20:59

    Sardor Rashidov yana legionerga aylandi. U Qatar klubiga transfer qilindi

    24.06.2022, 20:21

    Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ga yana bir hujum vakilini olib kelmoqchi

    24.06.2022, 19:34

    Yevro—2020 da yuragi to‘xtab qolgan Kristian Eriksen kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti

    24.06.2022, 17:40

    Pro-Liga doirasidagi o‘yinda hakamlarning bahsli qarori ommaviy tortishuvga sabab bo‘ldi (video)

    24.06.2022, 16:14

    Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha ikki karra “Katta dubulg‘a” musobaqasi g‘olibiga aylandi

    24.06.2022, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25

    “Manchester Siti” ikkita futbolchi uchun salkam 185 mln yevro sarflashga tayyor

    Sport | 18 may, 16:56

    Rianna uch yil deganda yangi qo‘shiq chiqardi

    Layfstayl | 18 may, 16:56

    G’azoda HAMAS rahbarining jasadi topildi — OAV

    Dunyo | 18 may, 16:26

    Makiyajni yanada chiroyli va uzoq turishiga yordam beradigan 10 ta go‘zallik sirlari

    Layfstayl | 18 may, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.