Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi xususiy bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga aniqlik kiritdi.
Qayd etilishicha, yong‘in aslida Mirobod tumani “Mirobod” MFYdagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu yong‘in xususiy bog‘chaning orqa tomonidagi xonadonda sodir bo‘lgan.
Bu haqda 20-iyun kuni soat 17:48 da Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:56 da yetib borib, soat 18:18 da yong‘in qurshab olingan. Yong‘in soat 18:31 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘indan ushbu xonadonning taxminan 80 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yongan. Holat oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda uning zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)