Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyati Forish tumanida 20-iyun kuni sel oqimlari kuzatildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari holat aks etgan videolavhalar bilan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 20—22-iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh (0)