• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Miranda qoidasi”: uni konstitutsiyaga kiritish zarurmi?

    Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farhod Primov Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Miranda qoidasi” hamda “Xabeas korpus” institutini Konstitutsiyaga kiritish bo‘yicha taklifini izohladi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda bir qator muhim takliflarni ilgari surdi, — deydi Farhod PRIMOV. — Jumladan, “Miranda qoidasi”ni Konstitutsiyaga kiritish, ya’ni shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shartligi to‘g‘risidagi taklifning bildirilgani alohida e’tiborga molikdir”.

    “Miranda qoidasi” dastlab AQSH milliy qonunchiligi va amaliyotida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun xalqaro huquqning eng asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, hibsga olingan shaxs, hisbga olinish jarayonida hamda so‘roq qilinishidan oldin gumonlanuvchi sifatidagi huquqlari quyidagi mazmunda tushuntiriladi. Ya’ni: “Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz bergan ko‘rsatmalarning barchasidan sudda o‘zingizga qarshi foydalanilishi mumkin. So‘roq jarayonida advokatingiz qatnashishi mumkin. Agar advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz, siz davlat tomonidan advokat bilan ta’minlanasiz. Huquqlaringizni tushundingizmi?”.

    Bu tartib-tamoyilning asosiy maqsadi hibsga olingan shaxs jinoyat ishi hamda ayblovning mohiyati bilan tanishmasdan turib, o‘ziga qarshi guvohlik berishining oldini olish hisoblanadi.

    Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “Miranda qoidasi” talablari Jinoyat-protsessual kodeksining bir nechta moddasida o‘z ifodasini topgan. Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq, sukut saqlash huquqi belgilangan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Boshqacha aytganda, milliy qonunchiligimizda sukut saqlash yoki hech qanday ko‘rsatma bermaslik huquqi aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga asoslangan.

    Sukut saqlash huquqi, ya’ni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishdan bosh tortish huquqi Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasida qat’iy kafolatlangan. Ushbu modda talabiga ko‘ra, gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatma berish, shuningdek, o‘zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.

    Jinoyat-protsessual kodeksining 46-moddasiga asosan, shaxs o‘zining ko‘rsatmalaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lishi va nimada ayblanayotganini bilish huquqiga egadir. Shuningdek, ushbu moddada shaxsga o‘zining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emasligi kafolatlangan.

    Bundan tashqari, ushbu kodeksning 46- va 48-moddalariga ko‘ra, shaxs, ya’ni ayblanuvchi yoki gumondor o‘ziga qo‘yilgan ayblov yo gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish yoxud ko‘rsatmalar berishdan bosh tortishga haqlidir. Shuningdek, u ko‘rsatmalaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish huquqiga ega.

    Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasiga muvofiq, shaxs qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish, shuningdek, himoyachiga ega bo‘lish huquqiga ega.

    Milliy qonunchiligimiz talabiga asosan, agar ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilgan shaxsning advokat yollashga imkoniyati bo‘lmasa, u davlat tomonidan advokat tayinlanishi huquqidan foydalanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Miranda qoidasi” O‘zbekistonning amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligida to‘laligicha aks etgan degan xulosaga kelish mumkin. Ammo “Miranda qoidasi” Jinoyat-protsessual kodeksida “sochib tashlangan”, ya’ni tarqoq belgilangan, aslida bu qoida yaxlit tushunilsagina, amalda samarali qo‘llanishi mumkin. Shu bilan birga, “Miranda qoidasi” Konstitutsiya darajasidi belgilanishi lozim bo‘lgan inson huquqlariga oid eng asosiy qoida hisoblanadi. Boshqacha aytganda, “Miranda qoidasi”ni Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qo‘yishning o‘zi kamlik qiladi. Bu qoida Asosiy qonunda ifodalanishi kerak va qolaversa, Konstitutsiya xalqqa eng yaxshi tanish va tushunarli hujjat hisoblanadi. Shunday ekan, fuqarolar “Miranda qoidasi” bo‘yicha huquqlarini Jinoyat-protsessual kodeksi orqali emas, birinchi galda, Konstitutsiya orqali bilib olishlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, “Miranda qoidasi”ning Konstitutsiyamizda ifodalanishi ushbu tamoyilni to‘la-to‘kis qo‘llanishi uchun zarur huquqiy kafolatlar yaratadi.

    20.06.2022, 21:32   Izoh (0)   11582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yong‘in xususiy bog‘chada emas, uning orqa tomonidagi xonadonda sodir bo‘lgan”. FVV Toshkentdagi holatga aniqlik kiritdi

    20.06.2022, 21:06

    G‘uzor hokimi cho‘pon bolaga kitob va bosh kiyim sovg‘a qildi. Bu hokim jamoatchilikka birinchi maoshi va mukofotini kambag‘allarga ulashgani bilan yaxshi tanilgan...

    20.06.2022, 20:46

    Toshkent va Jizzax viloyatlarining bir qator hududlariga sel keldi

    20.06.2022, 20:25

    Toshkentdagi xususiy bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda

    20.06.2022, 19:53

    Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

    20.06.2022, 19:44

    Qashqadaryodagi tashkilot ishchilari uch oydan beri maosh ololmayotganini aytmoqda

    20.06.2022, 18:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.