Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining final bahsida Saudiya Arabistoni mezbon O‘zbekistonni 2:0 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Finaldan keyin musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi. Saudiyaliklar futbolchisi Ayman Yahyo turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Futbolchi musobaqada davomida uchta golga mualliflik qildi.
Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni nomiga Navaf al-Aqidi loyiq ko‘rildi. Saudiya Arabistoni posboni Osiyo Kubogida birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.
Feyr-pley sovrini ham Saudiya Arabistoniga nasib etdi.
Izoh (0)