Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi finali doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 19-iyun, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Hamid al-G‘amdi saudiyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Feras al-Baykanning zarbasi golga aylandi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo Kubogi g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston olimpiyachilari guruhda Turkmaniston, Eron va Qatarni ortda qoldirgan holda, birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi. Dramatik o‘yinda Iroqni yenggan mezbonlar yarim finalda Yaponiyaga imkon qoldirmadi.

Saudiyaliklar o‘z guruhida Yaponiya, BAA va Tojikistondan o‘tib, chorak finalga chiqdi. Avvaliga Vyetnam, keyin esa Avstraliya 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratilпфтdi. Qayd etish kerak, Saudiya Arabistoni ushbu musobaqada birorta gol o‘tkazib yubormadi.

U-23 Osiyo Kubogi—2022

Final bahsi

19-iyun, yakshanba

O‘zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 0:2

Gollar: 0:1 – 50 Hamid al-G‘amdi, 0:2 – 74 al-Baykan.

O‘zbekiston U-23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abdurauf Bo‘riyev.

Zaxira: 21. Hamidillo Abdunabiyev, 4. Abubakrrizo Turdialiyev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Odil Abdumajidov, 16. Shaxzod Toirov, 20. Ruslanbek Jiyanov, 22. Alisher Odilov.

Saudiya Arabistoni U-23: 1. Navaf al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti, 6. Ibrohim Mahnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid al-G‘amdi, 9. Feras al-Baykan, 11. Ahmad al-G‘amdi, 12. Moteb al-Harbi, 13. Hamad al-Yami, 15. Husayn al-Eysa, 23. Saud Abdulhamid.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi