Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya Shimoliy Koreyaning “oshib borayotgan raketa tahdidlariga” qarshi turishga tayyorgarlikni kuchaytirish uchun qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Pacific Dragon mashg‘ulotlari 1—14 avgust kunlariga mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, bu yilgi mashg‘ulotlarda Kanada va Avstraliya ham ishtirok etadi.
Raketalarni kuzatish mashqlariga qo‘shimcha ravishda Seul, Vashington va Tokio joriy yil oxirrog‘ida raketa uchirishlarni kuzatish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chon Sopa, Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi o‘rtasida Singapurda bo‘lib o‘tayotgan “Shangri-La dialogi” xavfsizlik sammiti doirasidagi uchrashuvda qabul qilingan.
Yonhap agentligining qayd etishicha, bunday kelishuvlarga KXDRning yangi yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunlayotganidan xavotirlar ortib borayotgan bir sharoitda erishilgan.
2022-yil boshidan beri Pxenyan o‘nlab raketa sinovlarini o‘tkazdi.
Izoh (0)