Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrida qozog‘istonlik sayyohlar bilan yuz bergan holatdan so‘ng IIBning to‘rt nafar xodimi IIB tizimidan quvilgan. Va ularning ikki nafariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

“Ikki nafar xodim lavozimidan olingan. Ularga nisbatan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari ketyapti. Bevosita rahbari tomonidan yo‘riqnoma berishda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun rahbarlarining ikkalasi ham ishdan olindi. Egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi”, — deydi viloyat IIB rahbari.

Rahmat Mamatovning qo‘shimcha qilishicha, mazkur voqeadan so‘ng viloyatda IIB xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qilishini tartibga soluvchi yagona qoidalar tizimi ishlab chiqilgan.

“Shundan keyin biz qo‘llanma ishlab chiqdik. Bu har bir xodimning qo‘lida bor. Fuqarolar bilan qanday muomalada bo‘lish kerak, elektroshokerni qaysi hollarda qo‘llash kerak, kim bilan qanday muomalada bo‘lishi kerak — barchasi kiritilgan. Qo‘llanma asosan fuqarolar bilan ishlaydigan xodimlar, YHXX va patrul post xodimlariga mo‘ljallangan”, — deydi Rahmat Mamatov.

Rahmat Mamatovning aytishicha, IIB xodimlari tomonidan elektroshoker qo‘llanganida voqea joyida ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

“Biz o‘sha choyxonani borib ko‘rganimizda, fuqarolar haqiqatan ham o‘sha yerda o‘tirib spirtli ichimlik iste’mol qilgani ular to‘lov qilgan chekdan ma’lum bo‘ldi. Albatta, ularga qo‘llangan jazo chorasi haqida OAVga aytganimiz yo‘q. Bu yerda bitta xatolik bo‘lgan. Xodimlarimiz muomala madaniyatidan chiqib ketgan. Fuqarolarning kechasi ichib yurgani aniq. Lekin ‘chet el fuqarolariga nisbatan elektroshoker qo‘llandi’, degan narsa bu mutlaqo noto‘g‘ri. Sababi bittasiga elektroshoker qo‘llangan. U ham bo‘lsa, fuqaro qo‘pol harakat sodir etgani uchun. Boshqalarga qo‘llangan emas”, — deydi viloyat IIB mas’uli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)