• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NATO: Ukraina tinchlikka erishish uchun o‘z hududlaridan voz kechishi mumkin

    Ukrainada tinchlikka erishish imkoni bor, masala faqat buning bahosida — mamlakat ushbu tinchlik uchun qancha hududidan, qancha erkinlik va demokratiyasidan voz kechishga tayyorligida, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xelsinkidagi matbuot anjumanida. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

    Yens Stoltenberg

    Yens Stoltenberg
    Foto: Global Look Press

    “Ukrainada tinchlikka erishish mumkin. Masala shundaki, buning bahosi qanaqa bo‘ladi? U tinchlik uchun hududining, mustaqilligining, erkinligining, demokratiyasining qanchasini berishga tayyor? Bu esa juda qiyin ma’naviy dilemma (ikkilanish, taraddud)”, — deya qayd etdi u.

    Stoltenberg ta’kidlashicha, harbiy harakatlar muzokaralar stoli atrofida tugashi kerak va NATO Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralarda eng kuchli pozitsiyani egallashda yordam berishga tayyor.

    Uning eslatishicha, Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi nizo tomonlaridan biri emas. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, NATO qarshisida ikkita vazifa turibdi: Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etish va bu mamlakatdan tashqarida jangovar harakatlar kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik.

    NATO bosh kotibi fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ambitsiyalari “Ukraina chegarasidan chiqadi”. Stoltenberg eslatishicha, Moskva tomonidan 2021-yil dekabrida AQSH va NATOga taqdim etilgan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarda nafaqat Ukraina, balki alyansga taalluqli bandlar ham bo‘lgan.

    “Ushbu talablar Xelsinki kelishuvlarida qayd etilgan Yevropa xavfsizligi tartibini to‘liq qayta ko‘rib chiqish bilan teng. Bitimlarning bosh tamoyillaridan biri har bir xalqning o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqi hisoblanadi”, — dedi Stoltenberg.

    2021-yil dekabrida, G‘arb Rossiyani Ukrainaga hujumlarga tayyorlanishda ayblayotgan bir paytda, Moskva Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflar yubordi. Rossiya NATOning sharqqa kangaymasligini va uning tarkibiga sobiq SSSR respublikalari, shu jumladan, Ukraina va Gruziyani qabul qilishdan bosh tortishni talab qilgandi.

    Yanvarda Rossiya ushbu masala bo‘yicha AQSH, NATO va YeXHT bilan uchta raundda muzokaralar o‘tkazdi. Biroq tomonlar Rossiya tomoni uchun asosiy bo‘lgan bandlar bo‘yicha bitimga kela olmadi.

    May oxirida Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ba’zi G’arb siyosatchilari Kiyevga Rossiya harbiy operatsiyasini to‘xtatish uchun Moskvaga o‘z hududining bir qismini berishni taklif qilayotganini ma’lum qildi. U Ukraina bunday muhokamalarda qatnashmasligini ta’kidladi.

    Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham Kiyev hududning bir qismidan voz kechmasligi haqida aytgandi. Kiyev Moskva bilan yarashishning yomon tomonini ko‘rmayapti, lekin bu “Ukraina hududi ozod bo‘lishiga” olib kelishi kerak, dedi u.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Ukraina 24-fevral kuni Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin boy berilgan hududlarini qaytarib olganidan keyin u bilan muzokaralarni boshlashini ma’lum qildi.

    Maxsus operatsiya boshlanganidan ekyin bir hafta o‘tib, 2-mart kuni Rossiya harbiylari Xersonni egallab oldi, 15-martga kelib esa butun Xerson viloyati Rossiya nazorati ostiga o‘tdi. Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Zaporojye viloyatining janubi bosib olinganini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • Britaniya Mudofaa vazirligi: Rossiya Ukrainaga qo‘shimcha kuchlar yubormoqchi
    • Shols, Makron va Dragi Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda — Bild

    13.06.2022, 14:53   Izoh (0)   17097
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniyada rekord darajada issiq harorat kuzatildi

    13.06.2022, 14:42

    Pekinda koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlandi

    13.06.2022, 14:20

    SIPRI: yadro qurolini qo‘llash xavfi sovuq urush davridan buyon eng yuqori cho‘qqiga chiqdi

    13.06.2022, 13:29

    Hindistonda musulmonlarga qarshi haqoratlardan keyin boshlangan tartibsizliklarni bostirish uchun uylarni buzib, odamlarni hibsga olishmoqda

    13.06.2022, 12:43

    Erdo‘g‘on Putin va Zelenskiy bilan “don yo‘lagi” yaratishni muhokama qiladi

    13.06.2022, 11:41

    To‘qayev Sankt-Peterburgdagi forumda ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi

    13.06.2022, 11:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41

    Xitoy ko‘prik qurish uchun tog‘ni ikkiga bo‘ldi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 14:32

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.