Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi urush bo‘yicha navbatdagi hisobotida, so‘nggi haftalarda Rossiya, ehtimol, harbiy harakatlarda qatnashish uchun ba’zi brigadalarning uchinchi batalyonlarini tayyorlashni boshlaganini ma’lum qildi.
Qoidaga ko‘ra, uchta batalyondan iborat brigadalardan jangovar harakatlarda bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikkita batalyon qo‘llanilishi mumkin.
Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi batalyonlarda ko‘p hollarda askarlar yetarli emas, shuning uchun Rossiya ularni safarbar qilingan zaxiradagilar va yaqinda shartnoma imzolagan harbiylar hisobiga to‘ldirishi lozim.
Izoh (0)