Hammaning ham qurbi Bugatti avtomobilini xarid qilishga yetmaydi, biroq fransuz brendining ixlosmandlarida ko‘p, shu sababli ular uchun maxsus kiyim-kechak va oyoq kiyimlar yaratildi. Undan krossovkalari va bir vaqtning o‘zida o‘n turdagi kiyim-kechak predmetlari o‘rin olgan. Kompaniya vakillariga ko‘ra, yangi mahsulotlar o‘zining yuqori texnologikligi va uslubi bilan farqlanadi, deb xabar beradi Motor.
Italiya kompaniyasi UYN for Bugatti kolleksiyasi uchun eng zamonaviy texnik yechimlarni taqdim etgan. Masalan, futbolkalar elastiklik va havo o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida Haloflex 3D-texnologiyasi yordamida “qo‘yilgan”, yomg‘irpo‘shtda esa suv o‘tkazmaydigan va shamolga bardoshli murakkab material ishlatilgan. Shuningdek, Haloflex texnologiyasiga asoslangan isitilgan kurtka va nimcha ham taklif etilmoqda.
UYN for Bugatti oyoq kiyimlari kanakunjut urug‘idan olingan yuqori samaradorlikka ega Natex biotolasidan tayyorlangan. Neft asosli materillar bilan taqqoslanganda, u 25 foizga yengil, 50 foiz tezkor va tabiiy bakteriostatik samaradorlikka ega.
Krossovkalar EVA-material va rezina protektorli amortizatsiya xususiyati mavjud Horseshoe poshnalariga ega bo‘lib, u Bugatti’ning radiator panjarasi shaklida ishlangan. UYN for Bugatti lineykasi ko‘k, oq, qizil va qora ranglarda — fransuz gipperkarining an’anaviy jilolarida chiqariladi.
Izoh (0)