12-iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab velomarafon o‘tkaziladi.
Velomarafon paytida poytaxtning bir necha ko‘chalari soat 08:00 dan 11:00 gacha yopiladi:
- Kichik halqa yo‘li va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov va Nukus ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
- Istiqbol, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha.
Izoh (0)