“Lion” Aleksandr Lyakazet bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
“Arsenal” bilan shartnomasi yakuniga yetgan hujumchi “Lion” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Lyakazet 2025-yilga qadar Fransuz klubi sharafini himoya qiladi.
31 yoshli futbolchi 2010-yildan 2017-yilgacha “Lion”da to‘p surgan. 2017-yildan 2022-yilga qadar “Arsenal” safida harakat qildi. “Kanonirlar” bilan 2 marta Angliya Superkubogi va bir marta Angliya Kubogida zafar quchgan. Lyakazet londonliklar safida 275 o‘yinda maydonga tushib, 129 ta golga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)