Transfermarkt portali 2021/22-yilgi mavsumida tarkib yoshi eng katta va eng kichik klublar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Inter” yoshi eng katta futbolchilar yig‘ilgan jamoaga aylandi. “Nerazzurilar”da to‘p suradigan futbolchilarning o‘rtacha yoshi 30,2 ni tashkil etadi. “Elche” 29,5 yosh bilan ikkinchi o‘rinni, xuddi shuncha yosh bilan “Byornli” uchinchi pog‘onani band etib turibdi.
1. “Inter” — 30,2 yosh
2. “Elche” — 29,5
3. “Byornli” — 29,5
4. “Kadis” — 29,1
5. “Betis” — 29,1
6. “Atletiko M” — 28,6
7. “Levante” — 28,5
8. “Vest Hem” — 28,5
9. “Vilyarreal” — 28,4
10. “Nyukasl” — 28,3.
Shuningdek, kuchli beshlikdagi eng yosh jamoalar nomi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra “Shtutgart” jamoasi o‘rtacha yoshi 22,8 bo‘lgan holda, birinchi o‘rinda qayd etildi. “Spetsiya” (23,6) va “Reyms” (23, 8) undan keyingi o‘rinlarni band etgan.
1. “Shtutgart” — 22,8 yosh
2. “Spetsiya” — 23,6
3. “Reyms” — 23,8
4. “Renn” — 24,1
5. “Lids” — 24,3
6. “Marsel” — 24,3
7. “Valensiya” — 24,4
8. “Nitssa” — 24,5
9. “Monako” — 24,5
10. “Lion” — 24,6.
Izoh (0)