“Inter” erkin agentga aylangan Paulo Dibalaga birinchi rasmiy taklifni yubordi.
8-iyun kuni “nerazzurilar” vakillari va “Yuventus” sobiq futbolchisining agenti o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Inter” argentinalik futbolchiga 4 yillik shartnoma va yiliga 6 million yevro maosh va bonuslar va’da qilmoqda, deya xabar beradi Janluka di Marsio.
Dibala esa yillik maoshi 8 million yevro va qo‘shimchasiga bonuslar berilishini talab qilmoda.
Umuman olganda muzokara ko‘tarinki ruhda o‘tdi, tomonlar bir nechta kundan so‘ng yana uchrashishga kelishib oldi.
Avvalroq, “Roma” futbolchiga qiziqish bildirayotgani, hattoki Franchesko Totti unga o‘zining 10-raqamini berishga tayyorligi ma’lum qilingandi.
2015-yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelgan Paulo 2021/22-yilgi mavsumda 15 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)