2022-yilda Rossiya budjeti Yevropa Ittifoqi neft embargosidan zarar ko‘rmasligi mumkin. Biroq 2023-yilda vaziyat mamlakat iqtisodi uchun yaxshi bo‘lmaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
BCS Global Markets (BCS GM) stress testi shuni ko‘rsatdiki, kelgusi yil Rossiya budjeti taxminan 30-50 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin.
Bizning hisob-kitoblarimiz 2022-yilda Rossiya uchun neft embargosi noqulay ssenariy bo‘lsa ham, mamlakatning tashqi mavqeyi mustahkam bo‘lib qolishini tasdiqlaydi, savdo balansi 250 mlrd dollardan oshadi, — dedi BCS GM katta iqtisodchisi Natalya Lavrova.Unga ko‘ra, 2023-yil uchun vaziyat unchalik qulay emas. Ishlab chiqarishning 30 foizga (350 mln tonnagacha) qisqarishi va Urals neftining narxi bir barrel uchun 80 dollar qolishi tufayli budjet daromadlari 2023-yil uchun prognozlardan 50 mlrd dollarga kam bo‘lishi mumkin.
Ammo agar Urals neftining narxi bir barrel uchun 110 dollargacha ko‘tarilsa, yo‘qotishlar 30 mlrd dollarni tashkil qiladi, — deb taxmin qilmoqda Natalya Lavrova.Ekspertga ko‘ra, Rossiyaning neft daromadlariga qaramligini hisobga olsak, 2023-yilda Rossiya budjeti mavqeyi xavf ostida qolishi mumkin.
Avvalroq Yevropa yetakchilari Rossiyadan neft importini qisman taqiqlash haqida kelishib olgani, lekin neft quvurlari orqali yetkazib berish embargo ostida qolmasligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)