Namangan viloyatida Nexia avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Kosonsoy—To‘raqo‘rg‘on—Mingbuloq avtomobil yo‘lining 44-kilometrida sodir bo‘lgan. To‘raqo‘rg‘on tumaniga harakatlanib ketayotgan Nexia transport vositasida qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga kelgan.
FVB xodimlari tomonidan yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Avvalroq Farg‘onada gaz zapravkada “Moskvich” yonib ketgani, Samarqanddagi avtoservisda yuz bergan yong‘inda Lacetti va “Jiguli”ga zarar yetgani xabar qilingandi.
Izoh (0)