Daryo

Samarqanddagi avtoservisda yuz bergan yong‘inda Lacetti va “Jiguli”ga zarar yetdi

Holatni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan

1 daqiqa o‘qish14 094 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 21-may kuni avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 13:13 da Past Darg‘om tumani “Qoraterak” mahallasi hududidan o‘tuvchi Samarqand—Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lida joylashgan “Osoyish” MCHJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular yong‘in hududiga soat 13:20 da yetib borgan va soat 14:19 da holat to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inda ustaxonaning taxminan 80 kvadrat/metr maydonda shift, tom qismi va ustaxona ichida bo‘lgan Lacetti avtomashinasining salon qismi hamda “Vaz-2106” avtomashinasining shina, motor va salon qismi yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in yuzaga kelgani, Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in chiqqani, Samarqandda musiqa maktabida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar