Daryo

Toshkentda Cobalt svetoforga urilib, yonib ketdi

Voqea joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgan

1 daqiqa o‘qish41 144 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Olmazor tumanida Cobalt mashinasida yong‘in chiqdi, deya xabar qilmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, 2022-yilning 14-may kuni soat 05:00 larda Olmazor tumani Keles ko‘chasida haydovchi D.Y. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi to‘siq ustiga chiqib ketib, svetoforga urilgan.

Oqibatda dvigatelda yong‘in chiqqan, tez orada voqea joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar