Daryo

Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt yonib ketdi

Yong‘in oqibatida avtomobil haydovchisi kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish37 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomobili yonib ketdi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 13-may kuni soat 05:16 larda tumandagi 4R avtomobil yo‘lining “Lalmikor” MFY hududidan o‘tuvchi 43-kilometrida 28 yoshli U.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Shundan so‘ng, avtomobilda yong‘in chiqqan.

G‘allaorol tumani FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 06:35 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 06:38 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomobil haydovchisi yelka, o‘ng qo‘l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Namanganda “Jiguli”, Toshkentda Matiz yonib ketgani, Nukusda to‘xtab turgan Nexia yong‘in chiqqani, Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar