Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari, hokimlikda investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Bekzod Boborajabov Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTHda vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi axborotni Sirdaryo viloyat YHXB axborot xizmati tasdiqladi.

Bekzod Boborajabov.

Bekzod Boborajabov.
Foto: Mirishkor tumani hokimligi

Mas’ul hokim o‘rinbosari o‘limiga sabab bo‘lgan YTH haqiqatan ham Sirdaryo viloyati hududida sodir bo‘lganini tasdiqladi.

“To‘g‘ri, YTH aynan Gentra va Howo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan. YTHning qolgan tafsilotlari haqida axborot berolmaymiz. Boisi respublika bunga ruxsat bermaydi. Biz bor axborotni respublikaga berdik. Ulardan olasiz”, — dedi “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob bergan Sirdaryo viloyat YHXB axborot xizmati rahbari Saidahmad Iskandarbekov.

Foto: “Daryo”

“Daryo” bu haqda axborot olish uchun Respublika Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati bilan ham bog‘landi. Boshqarmaning Aziz Murodov ismli mas’uli “Daryo” so‘roviga javoban aniq axborotni tez orada berishini ma’lum qilsa-da, aytilgan fursatda axborot bermadi. Qayta-qayta qilingan qo‘ng‘iroqlarga ham javob bermadi. So‘ngra Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘lanib, mas’ullardan axborot olishda ko‘mak so‘radik. Biroq barcha urinishlar behuda ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)