• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sayohatni rejalashtirishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak? Markaziy bankdan 10 ta moliyaviy maslahat

    Safar yoqimli va samarali taassurotlarga boy bo‘lishi uchun tashkiliy masalalar oldindan o‘ylab qo‘yilishi kerak.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Markaziy bankning Finlit loyihasi xarajatlarni qisqartirish va sayohatdan oldin qanday vaziyatlarga tayyor bo‘lish borasida 10 ta moliyaviy maslahat taqdim etdi.

    To‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini oldindan o‘rganib chiqish

    Ko‘pchilik mashhur sayyohlik o‘lkalarida karta orqali to‘lovlarni erkin amalga oshirish yoki bankomatdan pul yechib olish mumkin.

    Ammo ayrim mamlakatlarda sayohat vaqtida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Misol uchun, valyuta ayirboshlash faqat bank ofislari orqali amalga oshirilishi yoki mahalliy do‘konlar bankomatlar va to‘lov terminallari bilan yetarlicha ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, sayohat amalga oshiriladigan kunlar o‘sha davlatning milliy bayram sanalariga to‘g‘ri kelmasligiga amin bo‘lish zarur, chunki bayram kunlari savdo nuqtalari yoki bank ofislari ishlamasligi mumkin.

    Valyuta kurslarini solishtirish

    Ba’zi hollarda, jo‘nashdan oldin so‘mni yevro yoki dollarga almashtirish, ularni joyida o‘sha mamlakatning milliy valyutasiga almashtirish foydalidir.

    Shuningdek, mahalliy banklardan borilayotgan mamlakat valyutasini sotib olish imkoni bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rish foydali.

    Pullarni naqdlashtirish

    Sayohat vaqtida pulni ikki xil ko‘rinishda – naqd va bank plastik kartasida saqlash maqsadga muvofiq.

    Kichkina va kutilmagan xarajatlar uchun kichik miqdordagi naqd valyutalarni (masalan, choychaqa uchun 1-2 dollarlik banknotalarni) olib yurish tavsiya etiladi.

    Mahalliy do‘konlarda tovarlar narxini taqqoslash uchun valyuta konvertasiyasini amalga oshiruvchi mobil ilovalarni ham har ehtimolga qarshi o‘rnatib olish manfaatli bo‘ladi.

    Bankomatlarning joylashuv joyi to‘g‘risida va ulardan foydalanish qanchalik xavfsiz ekanini bilib olish

    Google Maps yoki maxsus mobil ilovalardan foydalangan holda yashash joyi yaqinida bankomatlar mavjudligini aniqlash mumkin.

    Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bank filiali, mehmonxona yoki savdo markazining himoyalangan hududida joylashgan bankomatdan foydalanish maqsadga muvofiq.

    Komission to‘lovlar miqdorini aniqlash

    Xorijdagi foydalanmoqchi bo‘lgan bankomatlar naqd pul yechib olish va xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qancha miqdorda komissiya olishiga qiziqish bildirish kerak.

    Buni bankning Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish orqali ham amalga oshirish mumkin. Ayrim banklar qulay kurslar bo‘yicha xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish yoki chet elda kartadan komissiyasiz naqd pul yechib olish imkonini beruvchi bank kartalarni ochishni taklif qiladi.

    Shuningdek, karta bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar soni yoki pul miqdori bo‘yicha cheklovlar mavjudligini oldindan bilib olish ma’qul.

    Bir nechta xalqaro bank kartalarini ochish

    Ba’zida to‘lov tizimlarida texnik nosozliklar yuzaga keladi va bu chet elda mablag‘siz qolishga ham sabab bo‘lishi mumkin. Borilayotgan davlatda qaysi xalqaro to‘lov tizimi eng ommabop ekanini oldindan aniqlash maqsadga muvofiq.

    Shuningdek, kutilmagan vaziyatlarda qarindoshlar va yaqinlar kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari uchun ularga karta ma’lumotlarini qoldirish ham kichik bir maslahat.

    Bank mobil ilovasini yuklab olish

    Bankning mobil ilovasini smartfonga o‘rnatish hamda bankning aloqa raqamini saqlab qo‘yish yoddan chiqmasin.

    Mobil ilova orqali kartadagi mablag‘larni monitoring qilish, kartadan kartaga to‘lovlarni amalga oshirish yoki bo‘lmasa sayohat davomida kredit, internet, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

    Bundan tashqari, to‘satdan bank kartasi yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda mobil ilova uni darhol bloklash imkoniyatini ham taqdim etadi.

    Mobil operatorining rouming tariflarini bilib olish

    Agar ta’til paytida ham ishlasangiz, xarajatlarning katta qismi aloqa va internet xizmatlari uchun to‘g‘ri kelishi mumkin.

    Uyali aloqa operatori tariflarini yoki sayohat qilinadigan mamlakatda amal qiluvchi aloqa operatorining SIM-kartasini olish shartlarini ko‘rib chiqish maslahat beriladi. Chunki mahalliy internetdan foydalanish bir muncha arzon va foydali bo‘lishi mumkin.

    Diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun turistik kartalar va chegirmalarni qidirish

    Sayohat qilish uchun diqqatga sazovor joylar ro‘yxati tuzilganidan so‘ng, ular uchun chegirma va imtiyozlar mavjud yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rish foydali. Aksariyat muzeylar talabalar uchun chegirmalarni taklif qiladi.

    Ko‘pgina joylarda muzeylarga kirish uchun yagona chipta va turistik kartalar sotiladi. Ular yordamida asosiy diqqatga sazovor joylarni ko‘rish va shahar bo‘ylab harakatlanish birmuncha arzonroq bo‘ladi.

    Bu orqali uzun navbatlarda turishdan ham xalos bo‘lish mumkin. Diqqatga sazovor joylarning rasmiy sayti orqali ularga kirish uchun to‘lovsiz kunlar (soatlar) bor yoki yo‘qligini bilib olish ham maqsadga muvofiq.

    Xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash

    Ko‘pincha dam olishga borilganda har xil vaziyatlarni inobatga olgan holda iloji boricha ko‘proq pul olib ketishga harakat qilinadi. Sayohat davomida oila a’zolariga sovg‘alar olish, restorandan qo‘shimcha taom olish, ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etish va shu kabi kutilmagan xarajatlar ko‘payib ketadi.

    Natijada ta’tildan qaytilgandan so‘ng mablag‘ kamligi sababli xarajatlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun, safarga ketishdan oldin pulni bir qismini uyda qoldirish lozim.

    Avvalroq Markaziy bank qanday qilib pul tejab, yaxshi yashash mumkinligi to‘g‘risida tavsiyalar bergan edi.

    02.06.2022, 16:56   Izoh (0)   11390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi sakkiz kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    02.06.2022, 16:31

    O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida avtotashuvchilar uchun o‘rnatilgan bir qator cheklovlar bekor qilindi

    02.06.2022, 16:23

    Rossiyada og‘ir jarohatlari sabab qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

    02.06.2022, 16:05

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga yo‘lovchi reyslarini bajaruvchi samolyotda keldi

    02.06.2022, 15:55

    “Non 1500 so‘mdan sotilgani uchun talash bo‘lgan”. Farg‘ona shahar hokimligi “buxanka”ga navbatni izohladi

    02.06.2022, 15:29

    O‘zbekiston elchixonalari va TIV vakillarining Instagram va Facebook’dagi 40 dan ortiq akkauntlari verifikatsiyadan o‘tdi

    02.06.2022, 15:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.