Misr poytaxtida Qohiradagi Giza piramidalari majmuasi yaqinida joylashgan yangi Sfinks xalqaro aeroporti ishga tushiriladi. U 2022-yilning iyul oyi o‘rtalarida yo‘lovchilarni qabul qilishni boshlaydi.
Sayyohlar uchun havo bandargohining afzalligi shundaki, u piramidalar va Buyuk Misr muzeyiga yaqin. Mamlakatning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylari aeroportdan bir necha daqiqalik masofada joylashgan. Sfinks xalqaro aeroporti xalqaro va ichki reyslarni amalga oshiradi.
Fuqaro aviatsiyasi vaziri Muhammad Manar hukumat yig‘ilishida aeroport qurilishi 90 foizga yakunlangani va yozgi jadval bo‘yicha ish boshlashini aytdi. Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, yangi aeroportda bir kunlik turistik dasturlar ham taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, aeroportni ochishga birinchi urinish 2018-yilda bo‘lgan, shundan beri Sfinks xalqaro aeroportining umumiy maydoni 24 ming kvadrat metrgacha kengaygan. Uning soatiga 900 nafargacha yo‘lovchini qabul qila olishi kutilmoqda.
Izoh (0)