• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktab ta’miri: vazirlik pul yig‘ish taqiqlanganini aytishdan, maktablar esa pul yig‘ishdan to‘xtamayapti

    O‘zbekistondagi maktablarda o‘quv yili yakunida, to‘g‘rirog‘i, har yilning may oylarida umumta’lim maktablarida maktab ta’miri uchun pul yig‘ish tan olinmaydigan, ammo inkor ham etilmaydigan an’anaga aylanib ulgurgan. Buni ko‘pchilik, hatto Xalq ta’limi vazirligi ham biladi. Bilgani uchun ham yil yakunida maktab ta’miri uchun pul yig‘ish taqiqlanganini e’lon qilishdan charchamaydi. Maktablar esa vazirlikka qasdma-qasdmi yoki imkonsizlikdanmi pul yig‘ishdan to‘xtamaydi.

    Nega? “Daryo” muxbirlari shu savol bilan ota-onalarga yuzlandi.

    Qashqadaryo

    Maktablardagi yig‘di-yig‘dilardan bezor bo‘lgan qashqadaryolik suhbatdoshning aytishicha, 2022-yilning may oyida ham maktab ta’miri, o‘quv yili yakunida bo‘lib o‘tishi reja qilingan imtihonlar uchun ham pul yig‘ilgan.

    “Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi xohlagan maktabingizga boring. Hammasida pul yig‘ilgan. Birgina isboti sifatida Yakkabog‘ tumanidagi 40-sonli maktab haqida gapiraman. 2022-yilning 18—20-may kunlari maktabning 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan nafaqat maktab ta’miri uchun, davlat imtihonida o‘qituvchilarga osh olib kelib berish uchun ham pul yig‘ildi”, — deydi ismi farzandi uchun ham sir qolishini so‘ragan suhbatdosh.

    “Daryo” muxbirining mazkur holat yuzasidan qilingan so‘roviga javob bergan maktab rahbariyati tabiiyki, dastlab holatni rad etdi. Keyinchalik direktor yakka o‘zi barcha holatni nazorat qilolmasligi mumkinligi haqidagi gaplardan so‘ng esa vaziyatni nazoratga olishini va pul yig‘ilayotganini aniqlasa, sinf rahbarlariga chora ko‘rishini aytdi. Yig‘ilmayotgan bo‘lsa, bu haqda ham xabar berishini ma’lum qildi. Biroq shu-shu direktordan darak bo‘lmadi.

    Qarshi shahrida yashovchi ota-onalardan birining aytishicha, maktab ta’miri uchun har yili pul yig‘iladi.

    “Sinf rahbarlar maktab ta’miri uchun pul yig‘ishning yangi va yaxshi usulini topishgan. Sinf rahbarga juda yaqin yoki farzandining doimo besh bahoga o‘qishidan umidvor onalardan biri o‘qituvchiga yoqish uchun ham maktab ta’miriga pul yig‘ishni ota-onalar tashabbusi sifatida ko‘rsatib, barchasi bolajonlarimiz uchun shior bilan pul yig‘ilishiga bosh-qosh bo‘ladi. Tabiiyki, bu o‘qituvchiga ham ma’qul. Shunday qilib imi-jimida, kimdir sezib qolsa, ota-onalar homiyligi degan safsata bilan baribir niyatiga yetishadi”, — deydi suhbatdosh.

    Ota-onalardan yana biri esa maktab ta’miri, xususan, sinfxona ta’miri sinf rahbarlari zimmasida qolayotgan masala ekanini, shu bois ular oylik maoshidan sarf qilmaslik uchun pul yig‘ishga majbur bo‘layotganini aytmoqda.

    “Bechora sinf rahbar ham majburlikdan pul yig‘adi. Sinfxona ta’mirini uning o‘zi qilmasa, birov sinfxonani ta’mirlab bermaydi. Shu sabab u ota-onalarga iltimos qilib, to‘g‘ri tushuntirib, barchaning imkoniyatidan kelib chiqib, pul yig‘adi. Maktab ta’miriga pul yig‘ilishida hadeb sinf rahbarni ham ayblash adolatdan emas”, — deydi u.

    Andijon

    “Daryo”ning Andijon viloyatidagi muxbiri Umidjon Mamarasulovning ma’lumot berishicha, maktab ta’miriga pul yig‘ish joriy o‘quv yili yakunida Andijon viloyatida ham davom etgan. Ammo mas’ullar buni inkor etmoqda.

    Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov tumanda maktab ta’miri uchun pul yig‘ilmaganini, hokimlik barcha maktablar ta’mirini o‘zi amalga oshirishini aytmoqda.

    “Tumanimizda 67 maktab bor. O‘tgan yili maktablar ta’miri uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jami 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflangan. 2022-yilning besh oyi davomida maktablarning stol-stulini ta’mirlash va yangilash uchun 850 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yil ham remontlar uchun 3 milliard so‘m sarflashni reja qilganmiz”, — deydi Mansurbek Alixonov.

    Mansurbek Alixonov maktablar ta’miri uchun yig‘ilayotgan mablag‘lar haqida fikr bildirar ekan, ta’lim dargohlarida hech qanday yig‘imlar qilinmaganini aytmoqda.

    “Maktab direktorlari va o‘qituvchilarini boshimizda ko‘taramiz. Shu sababli maktab atrofiga ekiladigan ko‘chatlarni ham o‘zimiz olib berib, ektiryapmiz. Yig‘di-yig‘dilar bo‘lmayapti. Bu bo‘yicha hech qanday masala yo‘q. Hech kimdan bir so‘m yig‘ilmaydi. Barcha maktablarni o‘zimiz remont qilib beramiz”, — deydi hokim Mansurbek Alixonov.

    Samarqand

    “Daryo”ning Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbo‘tayev to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahridagi ayrim maktablarda maktab ta’miri uchun may oyi boshida pul yig‘ish boshlangan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlardan so‘ng pul yig‘ish to‘xtatilgan.

    “Maktab remonti uchun har bir boladan 50 ming so‘mdan pul yig‘ilishi haqida topshiriq berilgan. O‘zimning ham uch nafar farzandim shu maktabda o‘qiydi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlar tarqalgach, pul yig‘ish to‘xtatildi”, — deydi ismi sir qolishini so‘ragan ota-onalardan biri.

    Yana bir suhbatdoshning aytishicha, viloyatning Payariq tumanidagi 58-maktabning 1-sinf o‘quvchilaridan sinf rahbari tashabbusi bilan 20 ming so‘mdan pul yig‘ib olingan.

    Samarqand tumanida yashovchi fuqaroning aytishicha, tumandagi maktablarning birida maktab ta’miri uchun har bir bolaga 30 ming so‘mdan o‘lpon solingan.

    Guvohi bo‘lganingizdek, Xalq ta’limi vazirligi har yili maktabda ta’mir uchun pul yig‘ilmaydi deyishdan charchamayotgan bo‘lsa, umumta’lim maktabidagilar ta’mirga pul yig‘ishdan to‘xtamayapti. Mas’ullar esa maktab ta’mirini biz qilib beryapmiz va har yili biz ta’mirlaymiz deyishdan nariga o‘tmayapti. Ammo muammo hamon bor va davomli bo‘lmoqda.

    31.05.2022, 21:33   Izoh (0)   23404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Narx oshishiga qarorning aloqasi yo‘q” — yopgan non nega qimmatlashganiga izoh berildi

    31.05.2022, 21:21

    Toshkent viloyatida MFY raisligiga nomzod ish tajribasi ko‘pligi ro‘kach qilinib, nomzodlar safidan chiqarib tashlandi

    31.05.2022, 21:07

    Markaziy bank qanday qilib pul tejab, yaxshi yashash mumkinligi to‘g‘risida tavsiyalar berdi

    31.05.2022, 20:54

    “O‘zbekiston qobiqqa o‘ralib qolmagan” — moliya vaziri o‘rinbosari oziq-ovqat nega qimmatligiga izoh berdi

    31.05.2022, 20:18

    O‘zbekistonda 22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etiladi

    31.05.2022, 20:06

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni O‘zbekistonga keladi

    31.05.2022, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.