• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida MFY raisligiga nomzod ish tajribasi ko‘pligi ro‘kach qilinib, nomzodlar safidan chiqarib tashlandi

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar 2022-yilning 19-may kuni MFY raisligi uchun bo‘lib o‘tgan saylov adolatsiz o‘tganini, u avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tomosha bo‘lganini aytmoqda. Shu mahallada yashovchi Li Aygul esa saylov kuni nomzodi olib tashlanganini va bunga ish tajribasining ko‘pligi sabab qilib ko‘rsatilganini aytmoqda.

    Li Aygul.

    Li Aygul.
    Foto: Ilhom Xursanaliyev

    “Prezidentimizning jamiyatda ayollarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish va gender tenglikni ta’minlash borasidagi fikrlaridan kelib chiqib, MFY raisligiga nomzodimni qo‘ydim. O‘zim ishlagan va yashayotgan mahallamni gullataman, rivojlantiraman degandim. Ammo adolatsizlik qurboni bo‘ldim. Saylovga qadar nomzodimni ro‘yxatga qo‘yib, meni yaxshi kutib olishdi. Xursand bo‘ldim, lekin saylov kuni — 2022-yilning 19-may kuni nomzodim olinganini, men saylovda qatnasha olmasligimni bildirishdi. To‘g‘risi, bu menga juda qattiq ta’sir qildi”, — deydi Li Aygul.

    Saylov kuni saylov komissiyasi raisi bo‘lgan Rustam Zaynutdinov holat kutilmaganda ro‘y berganini aytmoqda.

    “MFY raisligiga saylov kuni erta tongdan hokimiyat vakillaridan uch nafar nomzod haqida so‘radim va hammasining ism-sharifini o‘qib, e’lon qilaveraymi dedim, hokimiyatdagilar e’lon qilavering, deyishdi. Shundan so‘ng birinchi nomzod o‘z dasturi haqida ma’lumot bera boshladi. Biroz o‘tib esa hokimiyat vakillari Li Aygulning nomzodi olib tashlanganini, endi unga navbat bermasligim kerakligini aytishdi. Saylov komissiyasi raisi sifatida buning sababini bilishim kerakligini so‘radim. Shunda qo‘limga tuman hokimi imzolagan xatni berishdi. Unda Li Aygulning nomzodi olinishiga uning ish tajribasi kam bo‘lmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan ekan. To‘g‘risi, tushunmay qoldim. Shundan so‘ng zaldagi odamlar ham to‘polon ko‘tarib, zaldan chiqib ketishdi”, — deydi Rustam Zaynutdinov.

    Foto: “Daryo”

    Saylov jarayonida saylov komissiyasi raisi vazifasini bajargan Rustam akaning aytishicha, Li Aygul nomzodi sababsiz olib tashlangani bois zalda bo‘lgan 70-80 kishining 50 nafari noroziligini bildirib, saylovda ishtirok etishdan bosh tortgan va zalni tark etgan.

    Rustam Zaynutdinov.

    Rustam Zaynutdinov.
    Foto: Ilhom Xursanaliyev

    “Li Aygulning nomzodi hokim imzolagan hujjatga ko‘ra olib tashlanganini e’lon qilganimda zaldagi odamlar raisni hokim saylaydimi yoki odamlar, deya shovqin ko‘tara boshlashdi. Va taxminan 70-80 kishidan 50 nafari zalni tark etdi. Zalda 15 nari borsa 20 nafar odam qoldi. Eng qizig‘i hokimiyat vakillari shuncha odam bilan saylov o‘tkazib, rais saylashdi”, — deydi Rustam Zaynutdinov.

    Saylov jarayonida saylov komissiyasi raisi vazifasini bajargan Rustam akaning tushuntirishicha, Li Aygulga saylovga qadar MFY raisi vazifasini bajarib turgan, MFY raisligiga nomzod Gulnora Madaminova qo‘ng‘iroq qilib, nomzodi olib tashlanganini aytgan. Shundan so‘ng Li Aygul shaxsan tuman hokimiga qo‘ng‘iroq qilib, nega bunaqa bo‘layotganini so‘ragan. Tuman hokimi esa jarayondan xabari yo‘qligini, Li Aygulning nomzodi olinmaganini, bunga aniqlik kiritish maqsadida ishchi guruh yuborishini aytgan.

    “Ishchi guruh o‘sha kuni yonimga keldi va sizning nomzodingiz olinmagan, bemalol saylovda qatnashishingiz mumkin deyishdi. Ammo ertasi kuni esa nomzodim olinganini, bunga ish tajribam kam bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilgani yozilgan edi”, — deydi Li Aygul.

    “Hokim imzolagan xatni qo‘limga berishganida ikkinchi nomzod saylovchilarga o‘z dasturi haqida ma’lumot berayotgandi. Endi Li Aygul chiqishi kerak edi. Ammo to‘xtating, chiqarmang deyishdi. Bu esa saylovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi”, — deydi Rastam Zaynutdinov.

    “Li Aygulning navbati kelganda u o‘z dasturi haqida saylovchilarga ma’lumot berishi kerak bo‘lgan paytda tuman hokimi imzolagan xatni o‘qib eshittirishdi. Unda Li Aygulning ish tajribasi kam bo‘lmaganligi sababli ma’qullanmadi deb o‘qishdi. Shunda biz hayron qoldik. Zaldagilar esa baqir-chaqir qilib, bu nima ahvol deyishdi. Va noroziligini oshkor qilib, zaldan chiqib ketishdi”, — deydi voqea haqida gapirib bergan Aliqul Qaratayev.

    Aliqul Qaratayev.

    Aliqul Qaratayev.
    Foto: Ilhom Xursanaliyev

    Aliqul Qaratayevning taxmin qilishicha, saylov taqdiri avvalroq hal qilib qo‘yilgan.

    “Menimcha saylovga qadar rais kimligini aniqlab qo‘yishgan. Saylov jarayoni shunchaki o‘yin tariqasida o‘tkazildi. Boisi Li Aygul nomzodi olinganidan ko‘pchilik norozi bo‘lib, deyarli hamma zaldan chiqib ketsa ham 15-20 kishi bilan saylov o‘tkazishdi. Sodda qilib aytganda, xalqning ustidan kulishdi”, — deydi Aliqul aka.

    Saylov jarayoni paytida jamoatchilik vakili sifatida voqealarni syomka qilgan Taxmina Joldibayevaning aytishicha, u saylov adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonni telefoniga tasvirga olishga uringan. Ammo hokimiyat vakillari, aynan tuman hokimining Laziz ismli o‘rinbosari unga qarshilik qilib, sudga berish bilan qo‘rqitgan.

    Taxmina Joldibayeva.

    Taxmina Joldibayeva.
    Foto: Ilhom Xursanaliyev

    “Laziz aka degan hokim o‘rinbosari kelib, mening blogerligim haqida litsenziyam yo‘qligini aytib, tasvirga olish ishlarimni to‘xtatishimni talab qildi. Men esa odamlar saylovdan norozi bo‘layotganini, adolatni ta’minlash maqsadida voqealarni tasvirga olayotganimni aytdim. U esa tasvirga olishni to‘xtatishimni, bu ishim uchun meni sudga berishini aytib qo‘rqitdi. Men qo‘rqqanimdan tasvirga olishni to‘xtatdim”, — deydi Taxmina Joldibayeva.

    “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob bergan Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari Laziz Tojiboyev Li Aygulning nomzodi olib tashlangani haqidagi xabar saylovdan besh kun avval saylov komissiyasi raisi Rustam Zaynutdinovga yetkazilganini aytmoqda.

    “Biz saylovdan besh kun avval saylov komissiyasi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunning 3-bob 16- va 17-moddalariga muvofiq Li Aygulning nomzodi olib tashlanganini xabar berganmiz”, — deydi Laziz Tojiboyev.

    Laziz Tojiboyevga ko‘ra, hokim imzolagan xatda anglashilmovchilikka yo‘l qo‘yilgan.

    “Hokim imzolagan xulosa xatida nomzodning boshqaruv lavozimlarida ish tajribasi kam bo‘lmaganligi sababli nomzodi ma’qullanmadi deb adashishgan, ammo ish tajribasi kam bo‘lganligi sababli rad etilgan”, — deydi hokim o‘rinbosari.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    31.05.2022, 21:07   Izoh (0)   36390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank qanday qilib pul tejab, yaxshi yashash mumkinligi to‘g‘risida tavsiyalar berdi

    31.05.2022, 20:54

    “O‘zbekiston qobiqqa o‘ralib qolmagan” — moliya vaziri o‘rinbosari oziq-ovqat nega qimmatligiga izoh berdi

    31.05.2022, 20:18

    O‘zbekistonda 22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etiladi

    31.05.2022, 20:06

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni O‘zbekistonga keladi

    31.05.2022, 19:53

    Toshkentda sexda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi

    31.05.2022, 19:30

    Bog‘dorchilik fermerlariga subsidiya beriladimi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi javob berdi

    31.05.2022, 19:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.