Toshkent shahri Chilonzor tumanida 30-may kuni boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilisicha, holat shu kuni soat taxminan 06:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi F.B. (24 yoshli) Cobalt avtomashinasida harakatlanayotib tezlikni oshirish oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.
YTH oqibatida jarohat olganlar aniqlanmadi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Qamchiq dovonida suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgani, Namanganda voyaga yetmagan bola Lacetti’da beton ustunga borib urilishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)