Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 5 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida X.N. ismli shaxs fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali Ohangaron tumani hududidan 5 gektar bo‘sh yer maydonini 50 ming AQSH dollari evaziga olib berishni va’da qilgani aniqlangan. X.N. kelishilgan puldan 25 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Bo‘stonliqda 1,32 gektar yerni 50 ming dollarga sotishga uringan uch nafar shaxs ushlangani, Samarqandda tuman hokimining soxta qarori bilan qariyb 20 ming dollarga yer sotgan xo‘jalik rahbari aniqlangani, Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari 2 mln so‘m pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi yerlarida qurilish ishlarini amalga oshirib, 3,1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan jamiyat rahbari aniqlandi
- Namanganda fuqaroga fermer xo‘jaligi yerini ajratib berish uchun 15 ming dollar so‘ragan hokim yordamchisi va uning sheriklari ushlandi
- Samarqandda 1 gektar yerni 430 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Izoh (0)