• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Doimgidek oylik 10 foiz oshsa, narxlar 30 foizga ko‘tarilib ketadi” — Chorsu bozoridan reportaj

    O‘zbekistonda 1-iyundan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi. “Daryo” nashri oyliklar ko‘tarilishi oziq-ovqat mahsulotlari narxiga qay darajada ta’sir qilishini o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi “Chorsu dehqon bozori”dan reportaj tayyorladi. Mazkur masalada sotuvchi va xaridorlar o‘z fikrlarini bildirdi.

    Sabzavot narxi pasaymoqda

    Sabzavot sotuvchilaridan birining aytishicha, narxlar ko‘tarilmayapti.

    “Bizda sabzavotlar narxi oshgani yo‘q. Masalan, bodring narxi tushib ketyapti, pomidorniki esa o‘sha-o‘sha. Pomidor 8-10 ming so‘mdan, bodring 4-5 ming so‘mdan sotilyapti. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida deyarli o‘sish yo‘q”, – deydi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yana bir sotuvchi oyliklar oshishi sabzavotlar narxiga ta’sir qilmasligini aytdi.

    “Karamimiz hali ham 7 ming so‘m, sabzilarimizning kilosi 5 ming so‘mdan. Oylik oshishining narxlarga aloqasi yo‘q. Faqat dalamizda o‘smay qolgan kashnich, ukroplar sal qimmatlashishi mumkin. Nimaga desangiz, ular issiqda quriydi, yaxshi bo‘lmaydi. Masalan, karamni eksport qilamiz, narxi oshib qolishi mumkin. Sabzini ham eksport qilib yuborilsa, narxi ko‘tariladi. Hozircha narxlar yaxshi. Lavlagi, sholg‘om, sabzilarni ham 5 ming so‘mdan sotyapmiz”, – dedi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Guruch nega qimmatlashdi?

    Bozorda lazer navli guruch narxi 30-35 foiz atrofida oshgani aytilmoqda. Xaridorlardan birining ma’lum qilishicha, ko‘plab mahsulotlar narxi yuqori va bu oddiy xalq uchun to‘g‘ri kelmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sabzining o‘rtachasi 5 ming so‘m (kilosi). Pomidor 11-12 ming so‘mdan sotilyapti. Bu narxlar albatta, qimmat. Lazer guruchlar hozir 23 ming so‘m. 1 hafta avval 18 ming so‘m edi. Yog‘ narxi ham 17-18 ming so‘m edi, endi 21 mingdan 25 so‘mgacha sotilyapti”, – dedi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sotuvchilar esa guruch narxi qimmatlashishini bu yil ekin kam ekilgani bilan izohlamoqda.

    “Guruch ekilmayapti. Bizda narxlar o‘zgarishiga oylik, ro‘zg‘or yoki bayram rol o‘ynamaydi. Joyida ko‘tarilsa, ko‘tariladi; tushsa, tushadi. Bizda suv va yerning hisobi bo‘ladi, oylikka qaralmaydi”, – dedi savdogarlardan biri.

    Yana bir sotuvchi yuqoridan guruch ekishga ruxsat berilmagani uchun narxlar qimmatlashganini ta’kidladi.

    “Davlat emas, bilmayman kim, bu tepada o‘tirganlarning ishi. Ular guruch ekishga vaqtida ruxsat berishmadi. Shu sababli narxlar ko‘tarilib ketdi. Endi lazer ekishga ham kech bo‘ldi. Hozir eksangiz, pishmaydi. Odamlar ham keyingi yilga guruch kam bo‘ladi, deb narxni oshirdi», – dedi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bunga munosabatimiz yomon”

    Bozorda oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotgan yurtdoshlarimizni suhbatga chorladik. Ularning aytishlaricha, hozirda ko‘plab mahsulotlar narxi oshib ulgurgan.

    “Kartoshkalar qimmat. Yog‘ va uning narxi ham oshib ketgan. Oddiy 1 kg piyoz 6 ming so‘m. Oylik oshsa, narx-navo ham ko‘tariladi — bu turgan gap. Oylik ko‘tarilishidan oldin sekin mahsulotlar oshib boradi. Bunga munosabatimiz yaxshi emas. Oylik ko‘tarilsin-u, narx-navo o‘z holida qolsin. Hamma xohlagan narxda sotaverishi noto‘g‘ri. Cho‘ntagida puli borlar yuraveradi, lekin oddiy xalqqa qiyin bo‘lmoqda. Iloji bo‘lsa, umuman narx-navo oshmasa, yaxshi bo‘lardi”, – dedi bir yo‘lovchi.

    Sotuvchilardan biri aholiga kartoshka va piyoz yetkazib berish muammo bo‘layotganini yashirmadi.

    “Barcha kartoshka, piyozlar chetga chiqib ketayotganidan odamlar norozi. Avval  o‘zimizni ta’minlasin, keyin chetga chiqarsin. Kartoshka yo‘q, topib bo‘lmaydi. Olib-sotarlar ham sotolmayapti, mana sotuvchilar ham. Yo‘q kartoshka”, – deydi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aksariyat insonlar oyliklar oshishidan ham norozi. Nega deyilsa, ish haqining ko‘tarilishi narx-navoning 10 baravar oshishiga olib keladi.

    “Bizga oylik oshishi umuman kerak emas. Keyin narx-navo 10 baravar oshadimi? Oshmay qo‘ya qolsin. Oylik oshsa, narx-navo osmonga chiqadi”, – deydi n bir necha fuqarolar.

    Go‘sht narxi o‘sha-o‘sha

    Go‘sht sotayotgan savdogarlarning ta’kidlashicha, mahsulot narxi ko‘tarilmagan. Ayrim joylarda 55 ming so‘mlik, boshqa joylarda 70-75 ming so‘m.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Go‘sht narxi oshmadi. Oylik oshgani bizning mahsulotlar narxiga ta’sir qilgani yo‘q. Aytish kerakki, go‘shtning narxlari u qadar qimmat emas. Masalan, 150-200 ming so‘m emas-ku! Hozirda 1 kg go‘shtni 65-80 ming so‘m atrofida sotyapmiz”, – dedi sotuvchilar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tuxum va mevalar

    Tuxum mevalar narxida ham ko‘tarilish kuzatilmagani aytilmoqda.

    “Tuxum narxi oshishiga oylik ko‘tarilishi ta’sir qilmaydi. Ammo mahsulot eksport qilinsa, narx ko‘tarilishi bor gap. Chunki tovuq kunda tuxum tug‘adi-da. Masalan, may oyida tuxumlar narxi oshmadi”, – deydi sotuvchilardan biri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mevalar narxi ham pasayib borayotgan ta’kidlandi.

    “Hozirda mevalar narxi pasayib bormoqda. Odamlar oylik oshsa, narx oshadi degan xavotirda. Lekin hech narsa oshmaydi. Aksincha, tushadi. Masalan, tut 10 ming so‘m edi. Hozir hosil tugayotgani uchungina narx ko‘tarilmoqda. Lekin bungacha arzon bo‘ldi”, – deydi tut va olma sotuvchisi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Oshmagan inson qadri qoldi”

    O‘zini pensioner deya tanishtirgan yurtdoshlarimizdan biri bozordagi narxlar qimmatligi, pensiya esa kamligini aytdi.

    “Yog‘lar qimmat. Qishloq joylarda hamma narsaning narxi oshib ketgan. Pulning qadri qolmagan. Yuqoridagilar pulning qadrini taroziga tortib ko‘rsin. Kun ko‘rish qiyinlashmoqda. Pensionerlarga dori-darmonga pul yetmaydi. Pensiya oshgan bilan narx-navo ko‘tarilib ketmoqda. O‘shaning hisobini tepada o‘tirganlar, bilinglar. Pensionerning pensiyadan boshqa daromadi yo‘q, pensiyasiga kun ko‘radi axir”, – deydi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nuroniylardan yana biri bozorning azaliy “xarakteri” haqida fikr bildirdi.

    “Har doim shunaqa bo‘lgan. 10 foiz oylik oshsa, narxlar 30 foizga oshgan. Bizda qonunni buzishmaydi, unga qat’iy amal qilishadi. Buning ham hikmati bordir, balki yaxshilikkadir. Xudo biladi, ko‘ramiz”, – dedi u.

    Suhbatdoshlardan biri inson qadrini oshirish borasida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Oylik oshishi bilan bozordagi narxlar ham 100 baravar oshadi-ku! Buning nima qizig‘i bor? Hozir narxlar oshgan-a? Hamma narsa oshgan. Bitta odamning qadri qoldi oshmagan!”, – deya norozi bo‘ladi u.

    27.05.2022, 20:10   Izoh (0)   37465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda korrupsiya chuqur ildiz otgan. Asosiy sabablardan biri — qoidabuzarlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi yaqin aloqalar

    27.05.2022, 19:59

    Bir so‘mdan yuz ming so‘mgacha. O‘zbekistonning barcha qog‘oz pullari

    27.05.2022, 19:31

    “O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen mahsuloti to‘liq ichki bozorga realizatsiya qilinmoqda

    27.05.2022, 19:12

    “O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi” — Shavkat Mirziyoyev

    27.05.2022, 19:10

    Veterinariya qo‘mitasida ehtimoliy korrupsion holatlar o‘rganilmoqda — Namanganda qoramol uchun ajratilgan 400 million so‘m subsidiyani noqonuniy o‘zlashtirish bo‘...

    27.05.2022, 18:57

    Namanganda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari kuni ro‘y bergan YTHda 7-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

    27.05.2022, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.