• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Foyda solig‘i kamaytirildi, go‘sht uchun QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi: Soliq kodeksiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

    2022-yil 5-mayda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-son qonun qabul qilindi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:

    1. 75-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mol-mulkiga solinadigan soliqni va yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish imtiyozlariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1 foizini to‘laydi.

    Buning natijasida kadastr va soliq organlariga ushbu imtiyozlarga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarni va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmagan ayrim yuridik shaxslarning hisobini yuritish imkoni beriladi

    2. 317-modda 7-bandga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar foyda solig‘i bo‘yicha chegirib tashlanadi.

    3. 337 va 467-moddalarga kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, 2022-yil 1-iyuldan boshlab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i (15 foiz o‘rniga 7,5 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqni (4 foiz o‘rniga 2 foiz) kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lash imkoniyati berildi.

    4. 380-moddaga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning daromad solig‘i solinmaydigan mablag‘lari miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan (1 mln 159 ming so‘mdan) 3 baravariga (2 mln 466 ming so‘mga) oshirildi.

    5. 428-modda ikkinchi qism o‘n birinchi xatboshiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalarini soliq solishdan ozod etishning imtiyozli davri 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi.

    6. 483-modda uchinchi qismning birinchi xatboshisi va to‘qqizinchi qismiga kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, ayrim vaqtinchalik imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, jumladan:

    • o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi;
    • go‘shtni (mol va qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
    7. Soliq kodeksining 483-moddasi o‘n oltinchi qism bilan to‘ldirildi, unga muvofiq:

    2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvargacha Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari:

    • foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
    • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
    8. Soliq kodeksining 483-moddasi o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlar qismlar bilan to‘ldirildi, unga muvofiq:

    Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subektlari 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

    Bu imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

    Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yildan QQS 12 foizgacha tushirilib, keyinchalik yer va mulk soliqlari birlashtirilishi haqida xabar berilgan edi.

    25.05.2022, 16:23   Izoh (0)   18543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    25.05.2022, 16:14

    Qurilish vazirligi binolarning yerto‘lasidan qanday hollarda uy sifatida foydalanish bo‘yicha tushuntirish berdi

    25.05.2022, 15:57

    Jahon banki O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini qabul qildi

    25.05.2022, 15:31

    Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinining boshini temir eshikka urib yordi

    25.05.2022, 15:18

    Uzbekistan Airways Toshkent va Boku o‘rtasidagi aviaqatnovlarni ko‘paytiradi

    25.05.2022, 14:01

    Markaziy bank keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirdi

    25.05.2022, 13:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.