O‘zbekistonda 2022-yilning birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, raqobat qonunini buzuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatiga 57 ta kompaniya kiritilgan. Bu haqda “Daryo”ga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining statistikasidan ma’lum bo‘ldi.
Masalan, “Sayyora Hasan” kompaniyasi “Bradobrey” MCHJ tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Bradobrey” tovar belgisidan noqonuniy foydalangan.
“International expo group” kompaniyasi Iteca Exhibitiongning reklama axborot materiallaridan nusxa ko‘chirgani ma’lum bo‘lgan.
“Po‘lat” kompaniyasining “Ramella” belgisi ostidagi shokolad mahsuloti Ferrero’ning “Nutella” tovar belgisi ostidagi shokolad mahsulotiga o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan.
“Tafakkur qanoti” kompaniyasi “Temuriylar kutubxonasi sirlari” kitobini nashr qilish chog‘ida “Yangi asr avlodi” avval nashr etgan kitobning muqovasi dizaynini takrorlagani ma’lum bo‘ldi.
Uniquye Cosmetutical Laboratoriyes’ning “Zvezdochka” farmasevtika preparati “Dominanta-Servis”ning “Zvezdochka” tovar belgisi ostidagi farmasevtika preparatiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash deb topilgan.
Batafsil ro‘yxat bilan ushbu link orqali tanishib chiqish mumkin.
Izoh (0)