Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Burgalik” dam olish oromgohi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 1,3954 gektar. Binoning maydoni — 1266,92 kvadrat metr.
Auksionga qo‘yilgan oromgohning boshlang‘ich bahosi — 3,30 mlrd so‘m. Arizalar 26-may 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Lot izohida yozilishicha, oromgoh auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qo‘yilgan.
Obyektda gaz va kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emas.
Avvalroq Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)